So’nggi yangiliklar

08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  3 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  0 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  6 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  2 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  13 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  11 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  5 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  31 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  11

O'zbekiston terma jamoasining Qatarga mag'lub bo'lganiga kim aybdor? Yangiliklar

O'zbekiston terma jamoasining Qatarga mag'lub bo'lganiga kim aybdor?

Kechagi mag'lubiyatga sabab bo'lgan jihatlarni o'rganib chiqamiz.

Kecha O'zbekiston terma jamoasi, afsuski, Qatarga mag'lub bo'ldi (2:3). Srechko Katanec shogirdlari birinchi bo'limda ikki bor to'p o'tkazib yuborib, muvaffaqiyatsizlikka uchradi va ikkinchi bo'limda kambek qildi. Biroq uchrashuv so'ngida qatarliklar baribir g'alabani tortib olishdi.

Terma jamoamiz muhim durangni saqlab qola olmaganiga kim aybdor? Keling, buni ko'rib chiqamiz.

Tarkib va o'yin uslubi

Srechko Katanec boshlang'ich tarkib borasida xatoga yo'l qo'yganidan boshlaylik. Bu, birinchi navbatda, sxemaga tegishli. Katanec tajriba qilishni yoqtirmaydi – maydondagi joylashuv va o'yin uslubi bo'yicha ham, terma jamoaga chaqirayotgan futbolchilari bo'yicha ham. Ko'pchilik O'zbekiston terma jamoasi "deyarli klubga o'xshab qolgan"ini takidlaydi: doim bir xil futbolchilar chaqiriladi, asosiy tarkib deyarli o'zgarmaydi.

Katanec Jahon chempionati saralashi tajriba qilish uchun fursat emasligini aytganida, albatta, haq edi. Ammo bunda nozikroq jihat bor: jamoa yangi narsani qanchalik kam sinab ko'rsa, bo'lajak raqib uchun shunchalik taxmin qilarli va tushunarli bo'ladi.

Qatar terma jamoasida albatta professionallar ishlaydi. Ular O'zbekiston terma jamoasi qanday o'ynashini juda yaxshi tushunib turgandi. SHu bois birinchi bo'limda hech narsa o'xshamadi. Qatarliklar o'yinga jiddiy hozirlik ko'rgani va raqibni chuqur tahlil qilgani sezildi. Bu haqiqiy TAHLIL edi va shunchaki hamma ishlatishni yaxshi ko'radigan chiroyli so'z emas.

Birinchi bo'lim falokatli bo'ldi. Srechko Katanecni hurmat qilish kerak – birinchidan, u o'yin sxemasi, tuzilishi va tarkibiga jiddiy o'zgartirishlar kiritishga qaror qildi, ikkinchidan, u buni juda samarali qildi. Uning almashtirishlari ish berdi, jamoa hujumkor o'yin namoyish etdi va Qatar terma jamoasiga haqiqiy bosh og'riq bo'ldi.

O'tkazib yuborilgan gollarda kimlar xatoga yo'l qo'ydi?

Endi darvozamizdan olib chiqilgan to'plarni qaraymiz.

Birinchi gol – markaziy nuqtadagi parokandalik. Abdulla Abdullaev tayanch yarim himoyachilarini to'xtatishga bordi. Hamrobekov va SHukurov o'zlari bo'lishi kerak bo'lgan poziciyalardan uzoqda qolishdi.

SHundan so'ng Abdullaev o'z vaqtida himoyaga qaytishga ulgurmadi, SHerzod Nasrullaev esa uning hududini himoya qilolmadi. SHuni ham takidlash mumkinki, O'tkir Yusupovning o'yini unchalik ishonchli emasdi – to'p to'g'ridan-to'g'ri unga qarab uchib keldi, lekin oyoqlari orasidan o'tib ketdi. Bunday zarbani osongina qaytarish mumkin edi.

Ikkinchi golda esa Masharipov, Abdullaev va Husanov aybdor. Hammasi Jaloliddinning keraksiz qo'polligidan boshlandi va bu xavfli jarima zarbasiga olib keldi. Qo'pollikdan biroz oldin u yakkakurashda yutqazdi (ha, unga nisbatan qo'pollik bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin hakam qoida buzish qayd etmadi) va "o'ch olish"ga urindi. Buni darvozada yaqin joyda qilish terma jamoa vice-sardori uchun to'g'ri qaror emas.

Abdullaev jarima to'pi tepilgan vaqtda Almoezga qarshi turdi va unga poziciyani boy berdi.

Husanov esa uzatmani to'xtatmoqchi bo'lib, to'pni o'tkazib yubordi. Bu erda to'pni chap oyoq bilan chiqarib yuborish kerak edi – bunday vaziyatda to'pni o'ng oyoq bilan tepish juda mushkul.

Uchinchi golda Ashurmatov va Sayfiev aybi bor. 90+1-daqiqada maydonda paydo bo'lgan Rustam "o'yinga kirishishga ulgurmadi". Bunday vaziyatda Ashurmatov orqasidagi bo'shliqni nazorat qilmadi – u shunchaki Qatar terma jamoasi futbolchisi u erdan chiqib kelishini kutmagandi. Yana aytish mumkinki, sheriklardan hech biri Rustamga uning ortida futbolchi borligini aytmagan.

SHu bilan birga, qatarlikliklarning 18-raqamli futbolchisini dastlab Sayfiev qo'riqlayotgan bo'lgan. Demak, o'tkazib yuborilgan golda aybning bir qismi unga tegishli. Skrinshotda uning raqibga qanday qarashi, keyin esa uni tashlab, darvoza chizig'iga yaqinlashishi ko'rsatilgan.

Bir ibora bor: "Futbol – tartibli tartibsizlik". Ushbu tartibsizlikda xatolar va kutilmagan hodisalar doimo sodir bo'ladi. Afsuski, kecha ana shu "tartibli tartibsizlik"da O'zbekiston terma jamoasi raqibdan kuchsizroq bo'lib chiqdi.

Nikolay Egorichev

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика