So’nggi yangiliklar

00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  2 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  13 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  4 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  1

O'zbekiston o'zining birinchi mundialiga qanday chiqqandi yoxud Geynrixning benefisi Yangiliklar

O'zbekiston o'zining birinchi mundialiga qanday chiqqandi yoxud Geynrixning benefisi

2002 yil 6-10 may kunlari Toshkentdagi "Jar" stadionida yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatiga saralash o'yinlari bo'lib o'tgan.

O'shanda Viktor Borisov va Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz Turkmanistonni 7:0, Nepalni 12:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'z tarixida birinchi marotaba Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. O'sha yillari "Jar" stadioni maysasini tasavvurga keltira olmaysiz.


Aslini olganda eng omadli terma jamoalarimizdan biri aynan mazkur avlod vakillari hisoblanadilar. Ular ilk marta qita chempionatiga chiqish bilan birga JCH yo'llanmasini ham qo'lga kiritganlar va eng keraklisi uzoq yillar davomida MTJ sharafini himoya qilganlar.


Osiyo chempionatiga Viktor Borisov bilan tashrif buyurgan yoshlarimiz, yakunda chempion bo'lgan Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy oladi. Birinchi turda koreyslar Qatarni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratadi, 1:0. O'zbekiston esa Tailandga imkoniyat qoldirmaydi, 4:0.


Ikkinchi tur bizga qimmatga tushdi. Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyat boy beriladi. Qatar esa Tailandni engadi, 3:2. So'nggi tur oldidan O'zbekiston va Qatarda bir xil 3tadan ochko bor edi. Durang bizning foydamizga. O'yin keskin o'tgan. O'zbekiston gol uradi, Qatar hisobni tenglashtiradi. Katta sahnaga chiqqan  Aleksandr Geynrix o'zining uchinchi golini urib, hisobni 4:2 ko'rinishga olib kelgach futbolkasini echadi, futbolka ichidagi maykada shunday yozuv turardi, «Nas ne dogonyat»! Geynrix shu o'yinda uchta gol muallifi bo'lgandi.


Qatar - O'zbekiston - 4:5 (1:2)

21.10.2002. 3-tur. 

Gollar: Krushelnickiy Yaroslav, 3 (0:1), Geynrix Aleksandr, 45 (1:2), Geynrix Aleksandr, 51 (1:3), Geynrix Aleksandr, 73 (2:4), Xasanov Jasur 83, 90 (4:5) - Ali Al-Marri, 5 (1:1), Adel Lami, 71 (2:3), Valid Abdulla, 75 (3:4), Meshal Abdulla - p, 85 (4:4)


Bu o'yin bizni guruhdan olib chiqqan. BAA, Xitoy va Vetnam yoshlar terma jamoalaridan iborat o'rtamiyona guruhdan birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olgan Suriya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratish biz uchun qiyin ish bo'lmagan, 4:0. Suriya ustidan qozonilgan g'alaba debyut Osiyo chempionatining o'zidayoq mundial chiptasi bilan rag'batlantirildi. Yarim finalda ham O'zbekiston yomon o'ynamagan. Raqib - Yaponiya! Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlanadi va afsuski, penaltilar seriyasida omad yaponlarga kulib boqqan. 3-o'rin uchun o'yinda kuchimiz qolmagan va biz 0:4 hisobida Saudiya Arabistoni yoshlariga imkoniyatni boy bergandik.


Mundialga O'zbekiston yoshlar terma jamoasi quyidagi tarkib bilan tashrif buyurgan. Murabbiylar shtabida ham o'zgarish bo'lgan. Germaniyalik Yurgen Gyode barcha ishga bosh-qosh bo'lgan.


Darvozabonlar: Temur G'aniev, Ignatiy Nesterov.

Himoyachilar: SHavkat Raimqulov, Rustam Qodirov, Yaroslav Krushelnickiy, Muzaffar Xoliqov, Kamoliddin Tojiev, Vladimir Anikin, Islom Inomov, Timur Sultonov, Ilhom Suyunov.

Yarim himoyachilar: Jasur Hasanov, Mansur Saidov, Nodirbek Qo'ziboev, Ilyos Zeytullaev, Ildar Magdeev.

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix, Marat Bikmaev, Konstantin Boev, Baxriddin Vahobov.



Birinchi jahon chempionatining o'zidayoq guruhdan chiqishimiz mumkin edi. Lekin reyting bo'yicha savatchalar debyutant O'zbekistonni ayab o'tirmadi. Guruhda Janubiy Amerikadan Agrentina, Evropadan keyinchalik butun dunyoni titratgan Ispaniya bilan tushdik. JCHdagi tajribasizlik o'z so'zini aytmay qolmadi. Qolaversa u paytlar keti uzilmas yig'inlar bo'lmagan. JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgan terma jamoaga hech bo'lmasa "Tiko" ham berilmagan. Balki shuning uchun ular o'sishdan to'xtab qolmagan. 


1-turda Maliga alamli mag'lubiyatga uchraganmiz. Inomov va Geynrix hisobni tenglashtirgan bo'lsada, 90+1 - daqiqada gol o'tkazib yuborganmiz. Argentina bilan o'yinda esa hisobni Geynrix ochadi, jarima zarbasidan mohirona foydalanib. Fernandes 70-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, Kavenagi 90+3 - daqiqada penaltidan yana bizning mag'lubiyatimizni taminlagandi. So'nggi turda Ispaniyani mag'lubiyatga uchratsak, eng yaxshi 3-o'rin sifatida keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin edi, lekin birgina Inestaning goli evaziga 0:1 hisobida imkoniyatni boy beramiz. Garchand guruhda 0 ochko bilan so'nggi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsak-da, O'zbekiston terma jamoasi har bir o'yinda raqib murabbiylarining olqishiga sazovor bo'lgan. O'shanda FIFAga "begona" bo'lgan O'zbekiston terma jamoasini hakamlar ham juda qiynab yuborgan edilar.


Keyinchalik mazkur terma jamoadan, Ignatiy Nesterov, Kamoliddin Tojiev, Islom Inomov, Ilhom Suyunov, Jasur Hasanov, Mansur Saidov, Ilyos Zeytullaev, Ildar Magdeev, Aleksandr Geynrix va Marat Bikmaev kabi futbolchilar MTJ doirasida ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bordilar. Bular ichida hozir Nesterov, Tojiev, Hasanov va Bikmaev faoliyatlarini hamon davom ettirmoqda. 


Raqiblarimizdan esa Maskerano, Teves, Zabaleta, Inesta, Garsiya, Xuanfran kabi jahon yulduzlari etishib chiqdi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика