So’nggi yangiliklar

15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  2 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  2 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  1 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  10 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  18 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  0 11:25Роналдуга КЖЧ иштирокчиси сафига ўтиш таклиф қилинди  13 11:00“Фенербахче“ ТОП трансфер амалга ошириши мумкин  1 10:35“Арсенал“ дунёнинг энг қиммат дарвозабонини сотиб олишга яқин  0 10:13БМБ иккита легионери билан хайрлашди  0 09:48Неймар коронавирус юқтириб олди  6 09:22Олимпия терма жамоамиз Қирғиз Республикасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади  8 08:53Қатар терма жамоаси бугун Тошкентга келади  20 08:26Нодир Элибоев БМБ мураббийлигидан кетди, унинг ўрнига футзалимиз афсоналаридан бири бош мураббий бўлди  2

O'zbekiston kubogi. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0 Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Lokomotiv" - "Bunyodkor" 1:0

Teglar :  LokomotivBunyodkor
O'zbekiston kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvi doirasida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston kubogi-2016
Yarim final. Birinchi uchrashuv
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
“LOKOMOTIV” – “BUNYODKOR” 1:0
Hakamlar:
SHerzod Qosimov, Mamur Saidqosimov, Ruslan Serazetdinov, Dmitriy Pislegin
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (barchasi – Toshkent)

Gol: Sardor Mirzaev 84, - 1:0.

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 4.Boburbek Yo'ldoshev, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 10.Marat Bikmaev (71.Artur Gevorkyan, 83), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 13.Nemanya Yanichich, 15.Sardor Mirzaev, 17.Salim Mustafoev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov (18.Timur Kapadze, 74).
Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 7.Sadriddin Abdullaev, 28.Ikrom Aliboev, 33.Oleg Zoteev, 37.SHerzod Fayziev, .

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 3.Akromjon Komilov, 8.Javlon Ibrohimov (19.Zabihillo O'rinboev, 88), 9.Sato Minori, 10.Eldor SHomurodov, 11.SHahzodbek Nurmatov (21.Sardorbek Azimov, 78), 16.Dilshod Ahmadaliev, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Rustamjon Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 30.Yurica Bulyat
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Bahodir Nasimov, 23.SHohrux Gadoev, 77.Viktor Karpenko.




                                           MATNLI TRANSLYACIYA

                                                     YANGILASH


90+3. UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Lokomotiv" birinchi o'yinda 1:0 hisobida zafar quchdi.

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

88. O'zgarish. "Bunyodkor". Javlon Ibrohimov o'rniga Zabihillo O'rinboev

87. "Bunyodkor"da hisobni tenglashtirish uchun ketma-ket imkoniyatlar bo'ldi. Biroq vaziyatlardan samarali foydalanilmadi.

84. Temur Kapadzening pasidan so'ng Mirzaev boshi bilan darvozani ishg'ol qildi.

84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sardor Mirzaev 1:0

83. O'zgarish. "Lokomotiv". Marat Bikmaev o'rniga Artur Gevorkyan maydonga tushdi

76. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Jeparovning to'p uzatishidan so'ng Abduxoliqov zarba berdi, Murodjon Zuhurov  mahorat ko'rsatib to'pni qaytardi!

75. O'zgarish. "Bunyodkor". Nurmatov o'rniga Sardorbek Azimov tushdi

73. O'zgarish. "Lokomotiv". Sanjar SHoahmedov o'rniga Temur Kapadze

72. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Sanjar SHoahmedovning kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi!

67. "Bunyodkor"da qarshi hujumda vaziyatlar bo'lmoqda. Ammo ularni samarali yakunlashga futbolchilarga tajriba etishmayapti.

63. O'yin ancha jonlandi. Jamoalar ketma-ket hujumlar uyushtirishmoqda.

58. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Server Jeparov

56. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA! Server Jeparov jarima to'pidan zarba berdi, Zuhurov to'pni qaytardi!

53. ZARBAAAAAAAAA! SHoahmedov-Mirzaev kombinaciyasidan so'ng Sardor zarba berdi, xavfli lekin noaniq!

51. Sardor Mirzaevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

48. Hozircha jamoalar himoyada yaxshi o'ynashmoqda

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

42. Salim Mustafoevning yo'llagan zarbasi ham Zuhurovga nasib qildi

41. ZARBAAAAAAAA! Sardor Mirzaevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Murodjon Zuhurov qaytardi

39. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Kaxi Maxaradze

36. O'yin jonlandi. Hamdamovning kuchli zarbasi "rikoshet" bo'lib darvozaga kirib ketayotgan pallada Ikromov to'pni to'sishga erishdi.

34. Bikmaevning uzoq masofadan tepgan to'pini Zuhurov qaytarishga erishdi.

33. "Bunyodkor"ning yana bir xavfli hujumi. Hamdamov tepgan burama zarbasini Ikromov egallab oldi.

32. Mustafoev chap qanotdan oldinga o'tdi va SHoahmedovga to'pni uzatdi. Sanjarning zarbasi o'xshamadi. Natijada Zuhurov to'pni egallab oldi.

30. Ogohlantirish. "Bunyodkor" Yurica Bulyat. Abduxoliqovga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatganligi uchun Bulyat ogohlantirildi.

28. Hamdamovning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi "rikoshet"bo'lib, darvozabonga qiyinchilik tug'dirdi. Biroq Ikromov to'pni egallab olishga erishdi

23. SHukurov-Hamdamov-Sato-Nurmatov "kvarteti" chiroyli kombinaciya tashkil etishdi. "Loko" himoyachilari xavfni bartaraf etishdi.

21. Hamdamov burchak to'pini amalga oshiradi, himoyachilar to'pni qaytarishdi

18. Zuhurov raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishdi.

14. "Bunyodkor" jarima to'piga ega bo'ldi. Yurica Bulyatning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi

10. Dastlabki daqiqalarda tashabbus "Lokomotiv" tomonida

6. Qarshi hujum Satoning zarbasi bilan yakunlandi. To'pni Ikromov osonlik bilan egallab oldi.

5. "Lokomotiv" vakillari to'pni o'zlarida ko'proq ushlub turishibdi. "Qaldirg'ochlar" esa dastlabki daqiqalarda ehtiyotkorroq o'yin ko'rsatishmoqda.

4. "Lokomotiv" o'yindagi ilk burchak to'pini amalga oshirdi, hujumda qoida buzildi va hujum to'xtadi

2. "Bunyodkor" ilk hujumni tashkil edi. SHukurovning SHomurodov tomon uzatgan to'pini Ikromov ushlab oldi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 16:00da boshlanadi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика