Nodir Eliboev BMB murabbiyligidan ketdi, uning o'rniga futzalimiz afsonalaridan biri bosh murabbiy bo'ldi
08 iyu 08:26
Yangiliklar


Nodir Eliboev BMB murabbiyligidan ketdi, uning o'rniga futzalimiz afsonalaridan biri bosh murabbiy bo'ldi
BMB mavsum yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish tashkil etdi.
Yig'ilish davomida “O'zbekiston Kubogi–2025” musobaqasida erishilgan muvaffaqiyatli natijalar alohida etirof etildi. Ushbu yutuqlar munosabati bilan jamoa azolari klub rahbariyati tomonidan pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Klub bosh murabbiyi Nodir Eliboevning O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yakuniga etdi. Shu kungacha bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Dilshod Rahmatov “Oq yo'lbarslar” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar