O'zbekiston kubogi. "Buxoro" "Paxtakor"ni musobaqadan chiqarib yubordi
22 may 2016 20:55
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. "Buxoro" "Paxtakor"ni musobaqadan chiqarib yubordi
Uchrashuvning 17-daqiqasida reyd qilayotan Karimovni Salamat Quttiboev elkasidan ushlab to'xtatdi va sariq kartochka oldi. 35-daqiqada Pardaevning zarbasi aniq bo'lmadi. 36-daqiqada Kozak ogohlantirildi. 40-daqiqada SHavkat Salomov jarima to'pini amalga oshirdi, Ribkin to'pni qaytardi. Bu vaziyatda Nikita jarohat oldi va o'z o'rnini Temur Jo'raevga bo'shatib berdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.
52-daqiqada Azim Ahmedovning yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. 56-daqiqada Salomovning uzatgan to'pini Ibragimov yaqin masofadan darvozaga yo'lladi, noaniq.
80-daqiqada SHavkat Salomovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Bahodir Pardaev penaltidan gol urib hisobni ochdi - 1:0.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan 4 daqiqada hech nima o'zgarmadi va "Buxoro" ikki o'yin natijasiga ko'ra chorak finalga yo'l oldi. "Paxtakor" musobaqani shu bosqichda tark etdi.
O'zbekiston kubogi. 1/8 final
22 may (yakshanba)
19:00 - Buxoro (Buxoro) – Paxtakor (Toshkent) 1:0
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent vil.), SH. Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
Gol: Bahodir Pardaev 80 penalti, - 1:0
"Buxoro": Muhiddin Xudoyorov, Sardor Rahmonov, Salamat Qutiboev, SHavkat Salomov (Sanat SHixov, 88), Artyom Filiposyan, Bahodir Pardaev, Jasur Hasanov (Kamoliddin Murzoev, 59), Aleksandr Merzlyakov, Aziz Ibragimov (Jamoliddin Ubaydullaev, 71), Ruslan Melziddinov, Alisher Sanoev.
Zaxira: Asilbek Omonov, Suhrob Nematov, Pavel Smolyachenko, Boburjon Omonov.
"Paxtakor": Nikita Ribkin (Temur Jo'raev, 42), Abbos Otaxonov, Akbar Ismatullaev, Stanislav Andreev, Davron Hoshimov, Azim Ahmedov, Vladimir Kozak, Jaloliddin Masharipov (Jamshid Boltaboev, 75), SHerzod Karimov, Jamshid Iskanderov (Akobir To'raev, 84), Igor Sergeev.
Zaxira: Adnan Oraxovac, Javohir Sidiqov, Temur Tolipov.
Ogohlantirishlar: Salamat Quttiboev 17, SHavkat Salomov 36, Jamoliddin Ubaydullaev 72.
Fikrlar