So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

O'zbekiston futbol associaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan festival yakunlandi Yangiliklar

O'zbekiston futbol associaciyasi va Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilgan festival yakunlandi

Teglar :  MOQO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi Milliy olimpiya qo'mitasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “CHig'atoy” sport bazasining maydonlarida 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida festival tashkil qilgani xaqida futbol ishqibozlariga malumot berib o'tgan edik.

Ushbu festivalni tashkil qilishdan associaciyaning asosiy maqsadi bolalar o'rtasida futbolni rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishdir.

“CHig'atoy”, “Sergeli”, “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Odil Junior” hamda “Qorasaroy” jamoalari ishtirok etgan musobaqaning yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Musobaqaning so'nggi kunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Qayd etish zarurki, bunday tadbirlar yosh sportchilarga katta sportga o'zlarining ilk qadamlarini qo'yishlariga hamda bo'lajak musobaqalarga tayyorlanishlariga katta yordam beradi. Bundan keyin ham shu kabi futbol bayramlarini muntazam uyushtirib borish rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика