So’nggi yangiliklar

10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги дахшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  15 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2

O'zbekiston fevralda Armaniston bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston fevralda Armaniston bilan o'ynaydi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida Armaniston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'yin milliy terma jamoaning 9-13 fevral kunlari Turkiyada tashkil qilinadigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida o'tkaziladi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasi mart oyida davom ettiriladigan jahon chempionati saralash o'yinlari doirasidagi Suriyaga qarshi o'yin oldidan bir qancha futbol uyushmalariga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida o'z taklifini yubordi. 12 fevraldagi taklifga faqat Armaniston Futbol Federaciyasi rozi bo'ldi. Ushbu kelishuvga erishishda ikki federaciya o'rtasidagi yaqin hamkorlik katta ahamiyat kasb etganligini alohida takidlash kerak.

12 fevral FIFA taqvimiga kirmagan sana bo'lganligi sababli ikkala terma jamoa ham legionerlarsiz, ichki chempionatda o'ynaydigan futbolchilardan iborat tarkib bilan o'yinga tayyorgarlik ko'radi.

Samvel Babayan Turkiyadagi yig'inga legionerlarni chaqira olmagani uchun terma jamoaga nomzod bo'lgan milliy chempionatda o'ynaydigan futbolchilarni sinovdan o'tkazadi. “Biz terma jamoaning yaqin kelajakdagi zaxirasini mustahkamlash uchun, jamoa tarkibiga yangi futbolchilarni jalb qilish maqsadida ushbu yig'inni tashkil qilyapmiz”, - deydi Samvel Babayan.

“Milliy chempionatimizda mavsumni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish bosh maqsadimiz”.

O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash o'yinlarini 23 mart kuni Suriyaga qarshi safardagi o'yin bilan davom ettiradi. Suriya saralashning oxirgi uchrashuvida Eronni qabul qilib 0-0 hisobida durang o'ynadi va 6 jamoadan iborat "A" guruhi jadvalida 5 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi. O'zbekiston esa Suriyaga qarshi o'yindan oldin Seulda Koreyaga 1-2 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. O'zbekiston terma jamoasi ayni paytda guruh peshqadami Erondan 2 ochko orqada qolgan holda 9 ochko bilan 3-o'rinni band etgan.

O'zbekiston va Suriya o'rtasidagi birinchi davradagi o'yin Toshkentda o'tgan. O'sha uchrashuvda Aleksandr Geynrix tomonidan kiritilgan yagona gol O'zbekistonda 1-0 hisobidagi g'alabani taqdim etgan edi.

Suriya terma jamoasi mart oyidagi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan hozircha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmayapti.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика