So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  24 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  18 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

O'zbek futboliga ko'plab iqtidorlarni etkazib bergan Jasur Abduraimovni tabriklaymiz Yangiliklar

O'zbek futboliga ko'plab iqtidorlarni etkazib bergan Jasur Abduraimovni tabriklaymiz

Bugun turli yoshdagi terma jamoalarimizga iqtidorli futbolchilarni tarbiyalab bergan yoshlar murabbiyi, bir necha yildan beri “Paxtakor” bosh murabbiyi SHota Arveladzega yordamlashib kelayotgan Jasur Abduraimov tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Yuqori salohiyatli mutaxassis 48 yoshga to'ldi.

Futbolga Toshkent viloyatining “SHaxtyor” jamoasi orqali kirib keldi va yarim himoya poziciyasida o'z iqtidorini namoyon qilib bordi. Millionlar o'yiniga mehr oiladan boshlangan bo'lsa ajab emas. Bilasiz, Jasur Abduraimov “Paxtakor” afsonasi Birodar Abduraimovning o'g'li hisoblanadi. Keyingi yilni to'liq poytxatning “Umid” jamoasida o'tkazdi va bir mavsum davomida 48ta uchrashuvda maydonga tushdi. Sekin-asta katta futbolda o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan futbolchini Namanganning “Navbahor” jamoasi o'z safiga qo'shib oldi. Bir davra “lochinlar” sharafini himoya qilgach, o'zini ilk bor xorijda legioner sifatida sinab ko'rish maqsadida Malayziyaning “Melaka TMFS” klubiga o'tdi. Biroq, chetdagi faoliyati ko'pga bormadi. Natijada ortga qaytib MHSK va “Sug'diyona” klublarida to'p tepdi. 1996 yil “Paxtakor”da ish boshlagan niderlandiyalik murabbiy Xans Farel qo'l ostida 15ta uchrashuvda faol harakat qildi. Ayrim pallalarda unga jarohat pand berganini takidlashimiz joiz. Faoliyatining so'ngi davrlarini “Surxon”da o'tkazdi.

Murabbiylikni bolalar futbolidan boshlagan Abduraimov dastlab 1993 yilda tug'ilgan bollardan iborat guruhni shug'ullantirishda Dmitriy Kimga yordamlashdi va hamjihatlikda ish olib borishdi. Ushbu guruhda hozirgi jamoa etakchilari Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev, Janubiy Koreyaga yo'l olgan Jamshid Iskanderovlar ham bor edi. Keyinchalik esa unga 1997-1998 yilda tug'ilgan futbolchilarni ishonib topshirishdi. Mutaxassis o'ziga berilgan vazifasini sidqidildan bajarishga intildi. Jasur Yaxshiboev, Suhrob Nurilloev, Hojiakbar Alijonov kabi futbolchilar Jasur Abduraimovning kashfiyotlaridan biri bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Akademiyadagi ishidan mamnun bo'lgan klub rahbarlari unga o'rinbosarlar jamoasi, “Paxtakor-2”jamoalarini berishdi.



2015 yilda O'FA va oldingi terma jamoalar markazi O'zbekiston U-18 terma jamoasini boshqaruvini uning qo'liga topshirdi. Birinchi galda uning oldiga selekciya ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yigan holda jamoani keyingi yili Baxraynda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga olib chiqish vazifasi qo'yildi. Saralash bosqichida ortiqcha muammoga uchramadi va final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 2016 yil yozida poytaxtimiz mezbonligida o'tkazilgan CAFA-CUP o'rtoqlik turnirida g'oliblikni tantana qildi. Kuz oyiga kelib esa Baxraynda qita chempionati final bosqichi o'yinlari start oldi. Guruh etakchilaridan biri hisoblangan Avstraliyaga qarshi muhim bahsda vakillarimiz juda chiroyli va hujumkor futbol ko'rsatdi va 3:2 hisobida g'alabani nishonlashdi. Mundialga yo'llanma beruvchi Eron bilan uchrashuvda futbolchilarimizdan omad chinakamiga yuz o'girdi desak o'rinli bo'ladi. Buni statistika ham aytib turibdi. Raqib yo'llagan ikki zarba gol bilan tugadi. Biznikilar esa 15ta zarba berdi biroq, to'p darvozaga kirishni istamadi. SHunday bo'lsada yigitlar namoyish qilgan o'yin barchada, hususan futbolimiz rahbarlarida ijobiy taassurot qoldirdi. SHuning uchun olimpiya terma jamoasini shakllantirish ham Jasur Abduraimovga topshirildi.

2017 yilning aprel oylarida “Paxtakor”da murabbiylar qo'nimsizligi kuzatila boshlandi. Avvaliga Grigoriy Kolosovskiy, so'ng Ravshan Haydarovlar qisqa vaqt jamoani boshqarishdi. Klub rahbarlari esa jamoaga xorijdan murabbiy kelguniga qadar Abduraimovga futbolchilarga boshchilik qilib turishni buyurdi. SHota Arveladze kelgach uni o'ziga assistent qilib oldi. Mana hozirga qadar ular jamoada birga muvaffaqiyatli faoliyat olib borishmoqda. O'ylaymizki, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega mutaxassis kelajakda bosh murabbiy sifatida ham qator yutuqlarga erishadi.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Jasur Abduraimovga sog'lik va salomatlik, klubdagi faoliyati davomida omad va zafarlar tilab qolamiz!


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика