So’nggi yangiliklar

15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  1 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  9 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  14 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  5 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  6 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  10 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0

“O'zbek futboli tarixi”: Qo'qonda futbol o'ynagan rus askarlari, latta-puttalardan yasalgan to'plar, yangi tashkil etilgan Turkiston o'lkasi birinchiligi Yangiliklar

“O'zbek futboli tarixi”: Qo'qonda futbol o'ynagan rus askarlari, latta-puttalardan yasalgan to'plar, yangi tashkil etilgan Turkiston o'lkasi birinchiligi

O'zbek futboli 2022 yili 110 yoshga to'ldi.

Futbolimiz o'tgan davr mobaynida turli davrlardan o'tdi, o'z milliy chempionatiga ega bo'ldi, xalqaro musobaqalarda nom taratdi. Bugungi kunga kelib esa o'zbek futboli jahonda, xususan, FIFA reytingida  100 talikka kiradi. 

O'zbek futbolining 1912 yili Qo'qon shahrida boshlanganini, o'tgan vaqt ichida “Paxtakor” xalq jamoasiga aylangani, klublar o'rtasidagi ajoyib dramalar haqida siz-u, biz yaxshi bilamiz. Biroq, futbolimizdagi etiborga molik, ammo ko'p ham gapirilmagan jihatlari talaygina. Ushbu jihatlarni esa marhum sport jurnalisti, o'zbek sharhlovchilik maktabi asoschisi Axbor Imomxo'jaev o'zining “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim” kitobiga kiritgan. 

“Championat.asia” nashri ushbu kitobga tayangan holda o'zbek futboli tarixidagi etiborga molik jihatlarni – “O'zbek futboli tarixi” ruknida havola etib boradi.

Futbol bizda qanday o'rganilgan va ommalashganining tarixi bir ajoyib. Qo'qondagi “Vahm-chorsu” mahallasidan sal nariroqdagi harbir garnizon hududidagi yalangliklarda rus askarlari bo'sh vaqtlarida “futbol” deb ataladigan o'yin bilan shug'ullanishadi. Ushbu o'yinlarga bazan harbir qism rahbarlari ham qo'shilib turishadi. Bu haqdagi gap-so'zlar esa ayni shu mahalla yoshlari o'rtasida tarqaladi.

Lekin mahalladagi o'zbek yoshlari bu o'yin bilan shug'ullanishmaydi. Sababi bunga mahalliy dindorlar qarshi chiqadilar. Katta cheklash va taqiqlarga qaramasdan barchani ushbu o'yin o'ziga mahliyo qilib boradi. Sekin-asta futbol butun shahar uzra mashhur bo'la boshlaydi. Yoshlar o'yin uchun bo'sh erlarni topib, darvozalar o'rninii belgilaydigan ustunlarni o'rnatishadi. Endi esa yagona masala qoladi – to'p. O'sha paytlarda to'plar do'konlarda sotilmas, sport do'konlari-ku, deyarli bo'lmagan. Futbol o'ynashga ishtiyoqi kuchli va sabri chidamaydigan yoshlar esa latta-puttalardan to'plar “yaratishadi”. Ammo bu kabi to'plarda futbol o'ynash ancha noqulay, sababi – yaxshi sakramaydi, chidamli va pishiq bo'lmaydi. 

Koptokning yana bir yangi turi ham o'ylab topilgan. Unga ko'ra, ikkita eski do'ppi orasiga puflab shishirilgan rezina kamera joylashtirilgan va qarabsizki yangi koptok tayyor. Biroq bu to'p avvalgisiga qaraganda sakrovchanligi kuchli, arzimagan narsaga ham “uchib” ketaveradi. Vaqt o'tib o'zbek yoshlari rus askarlaridan haqiqiy to'plarni ham sotib olishni boshlashadi. 

Ayni 1912 yilning o'zida Qo'qonda mahalliy yoshlardan iborat jamoalar paydo bo'la boshlagan. Keyinroq Farg'ona vodiysi, Samarqand, Toshkent, Buxoro, Jizzax, Kogon kabi shaharlarda sportning futbol turiga qiziqish ortib boradi. 

1912 yilning o'zida eski Skobelov, hozirgi Farg'ona shahri va Andijon jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Dastlabki o'yin Farg'onada bo'ladi va unda mezbon jamoa vakillari 3:1 hisobida g'alaba qozonadi. Javob uchrashuvi Andijonda, ushbu o'yinda ham mezbonlar g'olib bo'ladi, hisob – 3:2.

Oradan 3 yil o'tib, 1915 yili Turkiston o'lkasi birinchiligi ham o'tkaziladi. Ushbu musobaqada g'oliblik “Skobelev to'garagi” futbolchilariga kulib boqadi. 

Izoh: “O'zbek futboli tarixi” rukni ostidagi maqolalar haftada 3 marta elon qilib boriladi. 

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика