Asker Najafaliev Indoneziya Superligasida ishlaydi
22 sen 11:31
Yangiliklar
Asker Najafaliev Indoneziya Superligasida ishlaydi
O'zbekistonlik hakam Asker Najafaliev Indoneziya Superligasi tomonidan tur uchrashuvlarini boshqarish uchun rasmiy taklif oldi.
U “Arema” — “Persib Bandung” hamda “Bhayangkara” — “Malut United” jamoalari o'rtasidagi bahslarda bosh hakam sifatida ishlaydi.
Bundan tashqari Najafaliev 2027 yil Osiyo Kubogi saralash bahslarida ham faoliyat olib boradi.
9 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Turkmaniston – Shri-Lanka uchrashuvida Asker Najafaliev boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi:
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Akobitxo'ja Shukurullaev
9 oktyabr kuni o'tkaziladigan Tojikiston – Maldiv orollari uchrashuvida esa tajribali mutaxassis Valentin Kovalenko inspektor sifatida ishlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar
Билвоган яхши-да, админ?