So’nggi yangiliklar

13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  10 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  5 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  13

Superliga. "Buxoro" "Navbahor" darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi Yangiliklar

Superliga. "Buxoro" "Navbahor" darvozasiga javobsiz 5 ta to'p kiritdi

Superliganing 22-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

"Buxoro" – "Navbahor" 5:0

20.09.2025

Bosh hakam: Nayim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Dilshod Jumaniyozov

Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR hakami: Doston Rahmonov

AVAR hakami: Andrey Sopenko

Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: 1:0 – 3, Dominik Begich, 2:0 – 4, Toma Tabatadze, 3:0 – 31, Dominik Begich (Toma Tabatadze), 4:0 – 41, Toma Tabatadze (penalti), 5:0 – 45+5, Dominik Begich

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov (97.Shahboz Jo'rabekov, 64), 5.Sardor Qulmatov (95.Nodirbek Ahmadjonov, 46), 6.Ravshan Xayrullaev (8.Anvar Jo'raev, 77), 10.Azizbek Amonov (19.Bilol To'pliev, 64), 17.Javohir Ro'ziev, 22.Toma Tabatadze (33.Yosip Tomashevich, 77), 27.Muhammad Yo'ldoshev, 88.Dominik Begich, 93.Marko Kolakovich, 94.Frane Ikich

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 9.Amirbek Saidov, 11.Ibrohim No'monov, 14.Alisher Xayrullaev

"Navbahor": 16.Shukron Yo'ldoshev, 5.Julio Sezar (70.Abbos G'ulomov, 46), 9.Zabihillo O'rinboev, 11.Muhammadali G'iyosov, 12.Saidazamat Mirsaidov, 13.Benjamin Teidi, 14.Jamshid Boltaboev (8.Shohmalik Komilov, 46), 17.Ruslan Jiyanov, 19.Mirzohid G'ofurov (71.Navro'z Iminjonov, 46), 24.Doston Abdulxaev, 99.Igor Gabriel

Zaxira: 41.Ozodbek Marupov, 7.Azim Ahmedov, 15.Javohir Abdujabborov, 29.Pedro Augusto, 36.Gelerme Gedesh, 55.Komil Tojiddinov

Ogohlantirishlar: Julio Sezar (20), Izzatillo Po'latov (21), Mirzohid G'ofurov (43), Azizbek Amonov (51), Frane Ikich (86), Muhammad Yo'ldoshev (87), Dominik Begich (90+4)

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+3. Futbolchilar o'rtasida murosasizlik yuzaga keldi. Begich ogohlantirildi.

90+1. Boymurodov mehmonlar tomonidan yo'llangan kuchli zarbani qaytardi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

87. Yo'ldoshevga qo'pollik uchun sariq kartochka ko'rsatildi.

86. Ikich ogohlantirildi.

85. Komilovning jarimadan uzatmasi himoyachilar tomonidan bartaraf etildi.

83. Jo'rabekovning jarimadan yo'llagan zarbasini Yo'ldoshev qaytardi.

82. Komilovning jarimadan uzatmasi kuchli bo'lmagan zarba bilan yakunlandi. Boymurodov to'pni ushlab oldi.

79. Ikkala jamoa darvozabonlariga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

77. "Buxoro" tarkibida ikki o'zgarish.

75. Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

74. To'pliievning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

72. "Navbahor" hujumda fol sodir etdi.

69. Jiyanovning zarbasi "jonli devor"ga tegib, maydonni tark etdi.

68. "Navbahor" jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.

64. "Buxoro"da ikki o'zgarish.

60. Amonovning jarima maydoni yaqinidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

57. Jarimadan uzatilgan to'pni mezbon himoyachilar qaytardi.

56. Jiyanovga nisbatan qo'pollik sodir etildi.

53. O'rinboevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

51. Azizbek Amonov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

50. "Navbahor" darvozaboniga tibbiy yordam ko'rsatildi.

48. Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi "jonli devor"dan nariga o'tmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Taym avvalida "Navbahor"da uchta, "Buxoro"da bitta o'zgarish amalga oshirildi.

Taym yakunlandi.

45+5. GOL! Begich "Buxoro"ning beshinchi golini urdi! Xet-trik!

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

43. Mirzohid G'ofurov ogohlantirildi.

41. GOL! Toma Tabatadze penaltidan hisobni o'ta yirik ko'rinishga keltirdi!

35. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. Jarima zarbasi amalga oshirilayotgan payt to'p "Navbahor" futbolchisining qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. 

31. GOL! Begich hisobni yirik ko'rinish olishini taminladi!

26. Aziz Amonov birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.

20. Po'latov va Sezar ogohlantirildi.

14. Jiyanov o'ng qanotdan oldinga bordi, biroq to'pni sheriklariga etkaza olmadi.

9. "Buxoro" futbolchilari yana bir xavfli hujum tashkil etishdi. Darvozabon Shukron Yo'ldoshev o'z vaqtida joyini tark etib, to'pni egallab oldi.

4. GOL! Tabatadze hali o'ziga kelib ulgurmagan "Navbahor" darvozasiga yana gol urdi.

3. GOL! Begich mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi!

1. O'yin boshlandi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика