Timur Kapadze - Angliyada. Mutaxassis u erda nima qilmoqda?
20 sen 23:27
Yangiliklar
Timur Kapadze - Angliyada. Mutaxassis u erda nima qilmoqda?
Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichev Timur Tohirovich bilan bog'lanib, tafsilotlar bilan qiziqdi.
- Angliyaga malaka oshirishga bordingizmi? Agar shunday bo'lsa, qaysi klubga?
- Yo'q, bu amaliyot emas. Men shunchaki Angliyaga keldim. "Manchester Siti" bilan amaliyot o'tash bo'yicha kelishib olmoqchi bo'lganimizdan beri menda viza bor edi. O'shanda borishning iloji bo'lmadi, ammo viza qilingandi. Viza oktyabrgacha mo'ljallangan, shuning uchun bu erga uchib kelishga qaror qildim.
- Hozir Angliyada nima qilib yuribsiz?
- O'yinlarni tomosha qilaman. Bugun "Vest Xem" - "Kristal Pelas"ni ko'rdim, ertaga "Arsenal" - "Manchester Siti" o'yini bo'ladi. Shundan so'ng "Siti"ning yana ikki o'yiniga - Kubok ("Xaddersfild"ga qarshi) va APLdagi uy o'yiniga ("Byornli"ga qarshi) borishni rejalashtiryapman. Agar ruxsat berishsa, yana bazani ko'rishni, "shaharliklar" mashg'ulotlariga borishni istardim. Bu hozircha "so'roq ostida" - ularning jadvali tig'iz. Husanov bilan uchrashmoqchiman, suhbatlashmoqchiman. Umuman olganda, Angliyada bo'lishning o'zi katta zavq. Bungacha bu erda bo'lmaganman, ingliz futbolini jonli tomosha qilish qiziq.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
Суперлига. "Пахтакор" финал олдидан меҳмонда "Хоразм"ни енгди, икки жамоа ўйинни 10 киши тугатди
Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Динамо" устидан ишончли ғалабага эришди
Fikrlar
Ўзининг миллатидан бўлган юртдошидан кўра шунчалик бегонага зорми? Нега бунча кет ковлайдиган бўлиб кетдинглар? Ёки эркак киши эканингиз ёдингиздан кўтарилдими?