

O'zbekiston MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, tashkilot Bosh kotibi Oybek Kasimov va O'zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Pep Gvardiola boshchiligidagi "Manchestyer Siti" klubi mashg'ulotlarida mehmon bo'lishdi. Ushbu klub safida o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to'p tepadi.
Avvalroq "Manchestyer Siti"ni ham o'z ichiga olgan kompaniya O'zbekistonda klub sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabar byerilgan edi.











