Timur Kapadze Xitoy murabbiyi bo'lishi haqidagi savolga aniq javob berdi
20 sen 2025 16:02
Yangiliklar
Timur Kapadze Xitoy murabbiyi bo'lishi haqidagi savolga aniq javob berdi
Vaziyatga oydinlik kiritish uchun, ayni paytda Angliyada bo'lib turgan bosh murabbiyning o'zi bilan bog'landik.
"Oxirgi paytlarda men haqida ko'p noto'g'ri xabarlar chiqib ketdi. Saytlarda o'qib xayron qoldim. Bitta narsani aniq ayta olaman: Xitoy tomoni bilan umuman muzokara o'tkazganim yo'q. Menga ham, O'FAga ham Xitoy tomoni rasmiy murojaat qilgani yo'q. Bu xabarlar noto'g'ri.
Ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiman. Noyabr oyining oxirigacha shartnomam bor. Shu bois, terma jamoa futbolchisi hisoblangan Abduqodir Husanovning o'yinlarini ko'rish uchun Angliyaga keldim. Bu erda "Siti" o'yinlarinini kuzatishdan tashqari klub akademiyasi bilan ham tanishmoqchiman", - dedi Timur Kapadze championat.asia sayti bilan suhbatda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar