So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  5 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Futzal bo'yicha saralash. Boshqa guruhlarda kimlar bor? Yangiliklar

Futzal bo'yicha saralash. Boshqa guruhlarda kimlar bor?

Teglar :  Futzal
Kelasi yilning 27 yanvar - 7 fevral kunlari Indoneziya poytaxti Jakartada futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqa hisob bo'yicha 18-Osiyo chempionati hisoblanadi.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida 16ta milliy terma jamoa ishtirok etadi. Hozirda turli davlatlarda saralash o'yinlari bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston futzal terma jamoasi saralash bosqichini Qirg'izistonda o'tkazayotganidan xabaringiz bor. Nodir Eliboev shogirdlari dastlabki turni Falastinga qarshi o'tkazib, 7:1 hisobida zafar quchishdi. Shu kuni asosiy raqobatchimiz Qirg'iziston Sharqiy Timorni 9:1 hisobida mag'lub etdi.

Osiyo chempionati mezboni sifatida Indoneziya saralashdan ozod qilingan. Qolgan 15ta jamoa aynan saralash natijasida aniqlanadi. Quyida o'yinlar nechta guruhda olib borilishi hamda boshqa guruhlarda kimlar borligi haqida to'xtalib o'tamiz.




Futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralashi 8ta guruhda va 8 mamlakatda olib borilyapti. Saralashda jami 31ta terma jamoa qatnashmoqda.
A guruhi: Quvayt (mezbon), Avstraliya, Hindiston, Mo'g'uliston.
B guruhi: Tailand (mezbon), Janubiy Koreya, Bahrayn, Bruney.
C guruhi: Tojikiston (mezbon), Yaponiya, Kambodja, Makau.
D guruhi: Saudiya Arabistoni (mezbon), Iroq, Xitoy Taypeyi, Pokiston.
E guruhi: Xitoy (mezbon), Vetnam, Livan, Gonkong.
F guruhi: Qirg'iziston (mezbon), O'zbekiston, Falastin, Sharqiy Timor.
G guruhi: Malayziya (mezbon), Eron, BAA, Bangladesh.
H guruhi: Myanma (mezbon), Afg'oniston, Maldiv.

Saralash formatiga ko'ra, har bir guruhdan guruh g'olibi (8ta jamoa) va eng yaxshi 7ta ikkinchi o'rin egalari Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma oladi. Malumot uchun, D guruhidagi uchrashuvlar 18-22 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Qolgan guruhlarda o'yinlar 24 sentyabr kuni tugaydi.

X.Xoliqov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика