"Arqadag'" vakillari davlat mukofotiga ega bo'ldi
22 sen 2025 14:16
Yangiliklar
"Arqadag'" vakillari davlat mukofotiga ega bo'ldi
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Arqadag'" futbol klubi azolarini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.
Farmonga ko'ra, Turkmanistonning "Vatanga muhabbati uchun" medali bilan klub direktori Arslanmirat Amanov, bosh murabbiy Vladimir Bayramov, jamoa murabbiyi Axmet Allaberdiev, darvozabonlar murabbiyi Pavel Matus va katta mamur Konstantin Grigoryanc taqdirlandi.


Klubning 10 nafar futbolchisi ham nufuzli davlat mukofoti bilan taqdirlandi: darvozabon – Rasul Chariev, himoyachilar – Guychmirat Annaguliev va Mekan Saparov, yarim himoyachilar – Axmet Ataev, Velmirat Ballakov va Mirza Beknazarov, hujumchilar – Yazg'ilich Gurbanov, Didar Durdiev va Begench Akmammedov.
"Andijon" 17 sentyabr kuni OCHL 2 doirasida "Arqadag'" maydoniga safar uyushtirib, 0:0 hisobida durang o'ynagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
"Ўзбекнефтгаз" "Насаф", "Бухоро" ва "Бунёдкор" клубларини молиялаштиришни тўхтатмоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Fikrlar