So’nggi yangiliklar

01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  0 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  1 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  1 00:55Испания кубоги. "Атлетико" – "Хетафе". Бошланғич таркиблар аниқ  1 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  4 23:46Криштиану Роналду: "Мен барча даврларнинг энг зўр ўйинчисиман"  41 23:24Расман: Альфонсо Дэвис "Бавария" билан шартномасини узайтирди  4 22:57Элит ОЧЛ. "Пахтакор" Қатарда бирорта аниқ зарба бермай ютқазди  194 22:45МЮ Винисиус учун курашга қўшилди  4 22:19"Ал Ҳилол" — "Персеполис". Таркиблар маълум  5 21:58"Тоттенхэм" "Бавария" ўйинчисининг ижараси учун 10 млн евро тўлайди ва уни ёзда 60 млн еврога сотиб олиши мумкин бўлади  1 21:31Виллиан АПЛ клубига эркин агент мақомида ўтади  0 21:13Мбаппе ва Беллингем Кубок доирасида "Леганес" билан ўйнамайди. "Реал" ўйинчиларга "Атлетико" ва "Ман Сити" билан ўйинлар олдидан таътил берди  20 20:58Назорат ўйини. "Сурхон" ва Россиянинг "Рубин" жамоалари ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  8

O'zbek futbolchisining ishi xalqaro arbitraj sudida ko'riladi. Muammo nimada? Yangiliklar

O'zbek futbolchisining ishi xalqaro arbitraj sudida ko'riladi. Muammo nimada?

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari K. Murzoev instagram'dagi sahifasida O'FA Apellyaciya qo'mitasi "Bunyodkor" klubining shikoyat arizasini rad qilgani haqida yozdi.

SHundan keyin Kamoliddin Murzoev saytimizga "Bunyodkor" va jamoaning sobiq o'yinchisi Javlon Ibrohimov o'rtasida nizo kelib chiqqani, O'FA Futbolchilarning Maqomi va O'tishi bo'yicha qo'mitasi hamda O'FA Apellyaciya qo'mitasi bu ishni futbolchining foydasiga hal qilgani to'g'risida malumot bergandi. 

Bizga malum bo'lishicha, "Bunyodkor" vakillari bu qarorlardan qoniqmagan va ishni Xalqaro sport arbitraj (hakamlik) sudiga oshirgan. Bugun "qaldirg'ochlar" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev hamda FU rahbari Kamoliddin Murzoevdan shu mavzuda malumot olishga harakat qildik. Endi esa bilganlarimizni siz bilan bo'lishamiz.

Tomonlar o'rtasidagi muammo nimada?

Barchasi pul bilan bog'liq. 2019 yilning fevralida "Bunyodkor"dan ketgan Javlon Ibrohimov klubda 200 mln so'm haqqi qolib ketganini davo qilyapti. 

Xo'sh, nizo qanday boshlangan?

2018 yilning 4 yanvar kuni "Bunyodkor" bosh direktori Murod Aliev va Javlon Ibrohimov o'rtasida shu yilning 1 dekabriga qadar amal qiladigan bitim imzolangan. Mehnat shartnomasi 24 fevral kuni O'zPFL ro'yxatidan o'tkazilgan. Etiborli jihati, unda futbolchi klub bilan shartnoma imzolagani uchun 200 mln so'm miqdorida mukofot puliga ega bo'lishi ko'rsatilgan. Va bu mablag' Ibrohimovning hisob raqamiga o'tkazib berilmagan.

Vaziyatga O'zbekiston futbolchilar uyushmasining (FU) aralashuvi

Yuqorida aytganimizdek, Javlon Ibrohimov 2019 yilning  avvalida Janubiy Koreyaga yo'l oldi. SHu yilning sentyabr oyida "Bunyodkor" klubiga Kamoliddin Murzoev boshchiligidagi futbolchilar uyushmasidan xat kelib tushadi. Unda to'lanmay qolib ketgan mablag'ni o'yinchining hisob raqamiga o'tkazib berish so'ralgan. 

FIFA qoidalariga ko'ra, muayyan tashkilot biror futbolchining nomidan ish yuritish uchun, avvalo, uning yozma roziligini taqdim qilishi kerak. O'zbekiston futbolchilar uyushmasi bu talabni bajarmagani uchun "Bunyodkor" tomonidan etiborsiz qoldirilgan.

Futbolchilarning Maqomi va O'tishi bo'yicha qo'mitaning aralashuvi

Klubdan o'ziga kerakli javobni ololmagan FU 2020 yilning 3 dekabrida O'FA Futbolchilarning Maqomi va O'tishi bo'yicha qo'mitasiga murojaat qiladi. Qo'mita bu ishni ko'rib chiqib, 23 yanvar kuni (2021 yil) masalani futbolchining foydasiga hal qiladi.

"Bunyodkor" bu holatga etiroz sifada Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament 25-moddasining 5-bandini keltiradi: 

"Futbolchilar maqomi bo'yicha qo'mita, Nizolarni hal qilish palatasi, yakka tartibdagi hakam yoki Palata hakami (vaziyatlarga bog'liq ravishda), agar nizolarni keltirib chiqqan hodisa sodir bo'lgan paytdan etiboran ikki yildan ko'proq vaqt o'tgan bo'lsa, mazkur Reglament bo'yicha hech qanday ishni ko'rib chiqishga haqli emas. Bunday chegaraviy muddatni belgilash to'g'risidagi masala tegishli mansabdor shaxs tomonidan har bir holat uchun alohida ko'rib chiqiladi".

"Qaldirg'ochlar"ga ko'ra, nizoga sabab bo'lgan shartnoma 2018 yilning 4 yanvarida tuzilgan edi. Qo'mitaga murojaat esa deyarli 3 yildan keyin yuborilgan. Bunday holatda reglamentda aytilganidek qo'mita hech qanday ishni ko'rib chiqishga haqli emas.

Ammo...

FU nizo keltirib chiqaruvchi holat deb shartnoma imzolangan kun (2018 yil yanvar)ni emas, "Bunyodkor"ga xat yuborilgan (2019 yil sentyabr) kunni ko'rsatyapti. Futbolchilarning Maqomi va O'tishi bo'yicha qo'mita ham shunday fikrda.

Klub norozi

"Bunyodkor" rahbariyati qo'mitaning qaroridan norozi bo'lgani bois, 20 fevral kuni O'FA Apellyaciya qo'mitasiga shikoyat arzisasini yuboradi. Biroq, 25 may kuni "qaldirg'ochlar"ning shikoyati rad qilindi. SHundan keyin jamoa mutasaddilari yanada yuqori instanciya — Lozannadagi xalqaro sport arbitraj sudi (CAS)ga murojaat qilishga majbur bo'ldi.

Bu haqda "Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev shunday deydi: "O'FA tarkibidagi qo'mitalarning qaroridan qoniqmadik. Bizda shikoyat berish uchun 21 kun vaqt bor edi. Undan unumli foydalanib, 15 iyun kuni xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qildik. Nizo bilan bog'liq barcha malumotlar masullarga taqdim qilindi va ish ko'rib chiqilishi uchun belgilangan 1000 SHveycariya franki to'landi. Bu xalqaro miqyosda juda kichik ish bo'lgani tufayli bizga 1 nafar sudya (hakam) belgilanadi.

CAS ishni o'ganib, bizning foydamizga hal qilinishiga ishonchimiz juda yuqori. CHunki futbolchi FIFA talablarida ko'rsatilgan muddatni o'tkazib yuborgan.

FIFAning nizolarni hal qilish palatasi 2006 yilning 27 aprelida shunga o'xshash ish yuzasidan qaror chiqargan ekan. Arbitraj sudiga o'sha voqeani yaxshilab o'rganib chiqqandan keyingina murojaat qildik".

O'zbekiston FU qanday fikrda?

SHundan keyin O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevning fikrlari bilan qiziqdik: "Bunyodkor"ning Ibrohimovdan qarzi borligi fakt va buni klubda hech kim inkor qilolmaydi. Klub nizo kelib chiqqan kun sifatida shartnoma imzolangan kunni ko'rsatyapti. Ammo, qonunchilik bo'yicha, futbolchi o'z huquqi buzilganidan ogoh bo'lgan yoki shu masalada murojaat qilgan kun hisoblanadi. "Bunyodkor" tomoni bizning 2019 yilning sentyabrida klubga qilgan murojaatimizda Javlon Ibrohimovning yozma ishonchnomasi yo'qligi uchun etiborsiz qoldirilganini aytyapti.

Agar nizo keltiruvchi holat sifatida shartnoma muddati olinsa, uning tugaydigan sanasi hisoblanishi kerak (2018 yilning 1 dekabri). Biz 2020 yilning 3 dekabrida O'FA Futbolchilarning Maqomi va O'tishi bo'yicha qo'mitaga murojaat qilganmiz. Bunda ham ariza topshirganimiz uchun kech qolganimizni aytishyapti. Ammo, eslatib o'tmoqchiman, qonunchilikda yuzaga kelgan favqulodda holat tufayli o'tkazib yuborilgan kunlar ayrib tashlanishi belgilangan. Xabaringiz bor, 2020 yilning mart oyida yurtimizda karantin holati elon qilindi va ko'pchiligimiz ishlay olmadik. SHu tufayli o'tkazib yuborilgan muddat bizning foydamizga ishlaydi".

Tarixda 1-bor...

Malumot uchun, bu ish Xalqaro sport arbitraj sudi tomonidan ko'rib chiqilgan o'zbek sport klubi hamda futbolchisi o'rtasidagi ilk nizo sifatida tarixga kiradi. Futbolimizda bu kabi muammolar doimiy ravishda uchrab tursa-da, hali xalqaro miqyosga chiqmagan edi. To'g'ri, har qanday nizo kishini xafa qiladi. Ammo, Javlon Ibrohimov ishi ko'rsatyaptiki, klublarimizda ham, o'yinchilarda ham huquqiy savodxonlik masalasi oshib boryapti.

Ko'ramiz, tarixda ilk bor xalqaro miqyosda ko'rilayotgan o'zbek futbolchisi va klubi o'rtasidagi ish qaysi tomonning foydasiga hal bo'lar ekan. Bizni kuzatishda  davom eting!

Faxriddin Ro'ziev

Muallif :
Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика