So’nggi yangiliklar

17:21Алиссон: "ПСЖга қарши ўйин, балки фаолиятимдаги энг яхшисидир"  0 16:40ЎФА: Янги ташкил этилаётган Ўзбекистон U-23 терма жамоасига ким бош мураббий бўлиши кейинроқ эълон қилинади  15 16:21"Навбаҳор" янги мавсум олдидан таништирув маросимини ташкил этди  3 15:51Суперлига-2025. 1-тур расмийлари эълон қилинди  3 15:34Паулу Фонсека 9 ойга футболдан четлатилди  4 15:17Матбуот анжумани. Фарҳод Нишонов: "Ишдан кетишдан қўрқмайман, омадсизлик туфайли ютқаздик, терма жамоага коррупция аралашгани йўқ"  13 14:58Луис Энрике "Ливерпул"га имкониятни бой берганидан кейин: "Шу ўйинни такрорласак, кейинги босқичга чиқамиз"  14 14:37"Сўғдиёна" стадиони янги мавсумга шай!  4 14:15Расман: "Ал Ҳилол" асосий ўйинчинларидан бири бир ойга сафдан чиқди ва "Пахтакор"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  10 13:55Болаларга футбол керак, лекин... (ПФЛ қарорига муносабат)  5 13:33Рафинья — 2024 йил бошидан буён ЕЧЛнинг энг самарали ўйинчиси  2 13:10Қизиқ факт. "Пахтакор" 18 йилдан буён ўз майдонида "Ал Ҳилол"га ютқазмаяпти  10 12:476 та жамоа иштирок этадиган ПРО Лига қуръаси қачон бўлиши маълум  3 12:23Нойер "Байер"га қарши баҳсда жароҳат олди  0 12:04"Ньюкасл" футболчиси мавсум охиригача сафдан чиқди  0

O'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan BMB futzal klubi yangi legionerlarni tanishtirdi Yangiliklar

O'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan BMB futzal klubi yangi legionerlarni tanishtirdi

Teglar :  BMBBMB futzal klubi
Bugun, 29 sentyabr kuni BMB futzal klubi yangi mavsum oldidan o'z tarkibiga qo'shib olgan braziliyalik legionerlar va yangi maslahatchi murabbiyni tanishtirdi.

O'tgan mavsum O'zbekistondagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan BMB futzal klubi yangi mavsumda ham o'z oldiga katta maqsadlar qo'ymoqda.

BMB Holding bosh ofisida bo'lib o'tgan tanishtiruv marosimida BMB Holding tasischilari, Kuzatuv kengashi azolari, BMB Professional Futsal Club rahbariyati, futzalchilar, OAV xodimlari va blogerlar ishtirok etishdi.







Tadbirni BMB Holding Kuzatuv Kengashi Raisi, BMB professional futzal klubi prezidenti Bekzod Mamatqulov ochib berdi: "Barcha tashrif buyurganlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. O'tgan mavsumda BMB futzal klubi O'zbekiston chempioni bo'ldi, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi. Yangi mavsumda maqsadimiz o'zgarmaydi: o'zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda chempion bo'lishga intilamiz. 2024 yilda O'zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor. Ushbu olamshumul tadbir oldidan vatanimizda futzalni yanada ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida BMB futzal klubiga futbol vatani xisoblanadigan Braziliyadan qator iqtidorli yosh futzalchilar transferini amalga oshirdik.

Bundan tashqari bosh murabbiy Nodir Eliboevga maslahatchi sifatida Jahonning eng mashhur futzalchilaridan biri, futzal bo'yicha Jahon chempioni, UEFA Kubogi g'olibi, Qitalararo kubogi g'olibi, Braziliya chempioni, Braziliya kubogi g'olibi, Ispaniya kubogi g'olibi, Ispaniya Superkubogi g'olibi, Nunes Da Silva Gattini Adalberto qisqa qilib aytganda Betaoni taklif etdik".




Betaodan tashqari klub quyidagi 4 nafar braziliyalik legioner futzalchilar bilan shartnoma imzoladi:


- Braziliyaning “Ribeyropolis” klubidan 2022 yilgi “Grande Rio de futzal kubogi” ligasi chempioni, ushbu turnir to'purari, 2022 yilning eng yaxshi uyinchi, Joau Florensio da Silva Neto.
- Braziliyaning "Santa Mariana" klubidan, Braziliya U-20 Futzal ligasi vice-chempioni Lkas Oguido Nakazato.
- Braziliyaning “Jijoka” klubidan 2021-2022 yil BAA Prezident kubogi chempioni, 2022 yil Braziliya sport konfederaciyasi chempioni, 2023 yil BAA ligasi chempioni Vitor Manoel da Silva.
- Braziliyaning “Pulo do Gato” klubidan Aleks Dias da Silva.





Tadbir davomida jurnalist va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

- Tarkibga jalb etilgan futzalchilar qanday tartibda tanlandi? PSJga o'xshab faqat nomlarga etibor qilinmadimi?
Bekzod Mamatqulov: -
Biz 100ga yaqin futzalchilarni kuzatdik va ular orasidan o'zimizga kerak bo'lganlarni taklif qildik. Yani faqat nomlarga qaraganimiz yo'q, o'zbekistonlik futzalchilarning o'sishiga yordam beradiganlarni tarkibga jalb etdik.

- BMB futzal klubi qoshida akademiya tashkil etish ham rejalashtirilganmi?
Bekzod Mamatqulov: -
Rejamizga ko'ra, 2024 yilda Jizzax shahrida baza quriladi va futzal akademiyasini tashkil etamiz. Bu orqali iqtidorli yoshlarni futzal sport turiga jalb etish va ommalashtirish uchun katta qadam tashlaymiz.

- Klub o'tgan mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi. Yangi mavsumdagi motivaciya qanday?
Bekzod Mamatqulov:
- Yaxshi savol. Biz atigi bir marta O'zbekiston chempioni bo'ldik, hali ko'p yillar davomida mamlakatda tengsiz bo'lmoqchimiz. Bu ham klubimiz, ham BMB Holding falsafasi hisoblanadi.



Tanishtiruv marosimi vaqtida yangi mavsum uchun formalar ham namoyish etildi. Unga ko'ra BMB mezbonlik qiladigan uchrashuvlarda oq rangli, mehmon uchrashuvlarda esa ko'k rangli formada o'ynaydi. 




“BMB Professional Futsal Club” o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'plab futzal ishqibozlari etiboriga sazovor bo'lmoqda. Futzal klub negizida fan-klub ham tashkil etilgan. Fan klub faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida "Oq yo'lbars" BMB PFC klubining ramzi sifatida tanlandi va tadbirda yig'ilganlarga namoyish etildi.




Tadbir so'nggida Bekzod Mamatqulov murabbiylar va legionerlar bilan alohida suhbatlashdi va ularga omad tiladi. 



Tanishtiruv marosimidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика