So’nggi yangiliklar

17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  2 17:05ПРО-Лига. "Бухоро" - "Машъал" 0:1  0 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  2 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  3 15:29"Барселона" ва "Бавария" юлдузларини алишиши мумкин  9 15:01Мавсум охирида шартномаси якунланадиган Артета "Арсенал" билан келишиб олди  1 14:27Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57ПСЖ Мбаппега "Реал"дан ўринбосар топди  2 13:35Нидерландия терма жамоаси футзалчиси: "Ўзбекистон ва Нидерландиянинг даражаси деярли тенг"  0 13:05"Ал Ҳилол" "Барселона" вингери учун 100 млн евро таклиф қилган  4 12:45"Милан" ярим ҳимоячиси камида уч ойга сафдан чиқди  0 12:18Саудия Арабистонига бормаган Серхио Рамос фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин  1 12:00Ўзбекистон футзал терма жамоаси испаниялик мураббий қўл остида жаҳон чемпионатига қандай тайёргарлик кўрди?  1 11:15"Реал" сотилган абонементлар бўйича етакчи, "Барселона" эса...  3 10:46Жамал Мусиалага Европанинг тўртта ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  5

O'ta noqulay raqib Janubiy Koreya haqida Yangiliklar

O'ta noqulay raqib Janubiy Koreya haqida

Bugun, 20 noyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaning Brisben shahrida Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Biz ananamizga muvofiq ravishda o'quvchilarimiz etiboriga Janubiy Koreya terma jamoasi haqidagi malumotlarni keltiramiz.

Janubiy Koreya terma jamoasi o'z tarixida 10 mara Jahon chempionatlari final bosqichida ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan. Koreyslar 1986 yildan beri barcha mundiallar ishtirokchisi bo'lib kelishmoqda. 2002 yil o'z uylarida o'tgan Jahon chempionatida Gus Xiddink boshchiligida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritib Osiyo qitasi uchun rekord natija qayd etib berishgandi. Bir yil oldin Toshkentda mehmon bo'lgan koreyslar durang o'ynab, bizni Rossiyadagi mundialdan mahrum qilishgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.

Hozirgacha o'tkazilgan 16ta Osiyo Kubogining 13tasida Janubiy Koreya qatnashgan. So'nggi marta jamoa 1992 yilgi qita chempionatidan chetda qolgan. Koreyslar ikki bor qita chempioni bo'lishgan. To'rt marta Osiyo Kubogi kumush medallariga ega chiqishgan. Yana shuncha marta bronza medallari bilan taqdirlanishgan.

Bugungi kunda Janubiy Koreya terma jamoasining aksariyat futbolchilari Evropaning kuchli chempionatlarida ishtirok etuvchi klublarda faoliyat olib borishmoqda. O'zbekiston bilan o'yinga 11 nafar legioner chaqirilgan, ulardan 4 nafari Evropada o'ynaydi.

TERMA JAMOA YULDUZI
Bugungi kunda terma jamoa yulduzi Son Xon Min hisoblanadi. Angliyaning "Tottenxem" klubida faoliyat olib borayotgan futbolchi terma jamoa safida 74ta o'yin o'tkazib, 23ta gol urishning uddasidan chiqdi. Avgust oyida Osiyo o'yinlarida ishtirok etib Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi bilan oltin medalni qo'lga kiritdi. SHu orqali Son 2 yillik harbiy xizmatga borishdan qutulib qoldi. Ushbu musobaqa tufayli bir oy davomida "Tottenxem"ga yordam bera olmagani bois Paulu Bentu etakchi futbolchini noyabr oyidagi terma jamoa yig'inlariga chaqirmadi va unga dam berishga qaror qildi.



JANUBIY KOREYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Laqabi: 
"Tegu jangchilari", "Qizillar", "Qizil iblislar"
Bosh murabbiyi: Paulu Bentu (Portugaliya)
Sardori: Son Xon Min
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Xon Myun Bo va CHa Bum Kun (136)
To'purari: CHa Bum Kun (58)
FIFA reytingidagi o'rni: 53
Eng yuqori o'rni: 17 (1998 yil dekabr)
Eng quyi o'rni: 69 (2014 yil noyabr - 2015 yil yanvar)
Birinchi rasmiy o'yini: Gonkong - 5:1 (Gonkong, 1948 yil 6 iyun)
Eng yirik g'alabasi: Nepal - 16:0 (Inchon, Koreya, 2003 yil 29 sentyabr)
Eng yirik mag'lubiyati: SHveciya - 0:12 (London, Angliya, 1948 yil 5 avgust)

Jahon chempionatidagi ishtiroki - 10 marta (birinchisi 1954)
Eng yaxshi natijasi - to'rtinchi o'rin (2002)

Osiyo Kubogidagi ishtiroki - 12 marta (birinchisi 1956)
Eng yaxshi natijasi - CHempion (1956, 1960)

Sovrinlari
Jahon chempionati

To'rtinchi o'rin - 2002

Osiyo Kubogi
CHempion
- 1956, 1960
Vice-chempion - 1972, 1980, 1988, 2015
Uchinchi o'rin - 1964, 2000, 2007, 2011

KONKAKAF Oltin kubogi
To'rtinchi o'rin
- 2002

SHarqiy Osiyo Futbol Federaciyasi chempionati
CHempion 
- 2003, 2008, 2015, 2017
Vice-chempion - 2010
Uchinchi o'rin - 2013



BOSH MURABBIY

2018 yil 17 avgust kuni portugaliyalik mutaxassis Paulu Bentu Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning shartnomasi 2022 yilgi Jahon chempionati oxirigacha amal qiladi.

PAULU BENTU (Portugaliya)
Tug'ilgan sana: 
20 iyun 1969 yil
Tug'ilgan joy: Lissabon, Portugaliya
Futbolchilikdagi ampluasi: Yarim himoyachi
O'ynagan klublari: "Benfika", "Eshtrela Amadora", "Vitoriya Gimarayesh", "Ovedo", "Sporting".
Boshqargan jamoalari: "Sporting", Portugaliya MTJ, "Kruzeyro", "Olimpiakos", "CHongking Lifan".

Futbolchilik faoliyatini Lissabonda boshlagan Paulu Bentu mahalliy "Eshtrela Amadora", "Vitoriya Gimarayesh" va "Benfika" kabi klublarda to'p tepdi. Keyin to'rt yil davomida Ispaniyaning "Ovedo" jamoasi sharafini himoya qildi. Bentu faoliyatini o'z yurtida "Sporting" tarkibida yuqori notada yakunladi. 2002 yilda u ushbu klub bilan Portugaliya chempioni bo'ldi, kubok va Superkubokni qo'lga kiritdi. 2004 yilda u butsalarini mixga ildi va darhol "Sporting" klubi o'smirlar jamoasi murabbiyiga aylandi. Keyinroq ushbu klub asosiy jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi. 2007 va 2008 yillar Paulu Bentu uchun ajoyib o'tdi. Ikkala yilda ham "Sporting" bilan birga mamlakat kubogi va Superkubogida zafar quchdi. Bundan tashqari ketma-ket ikki yil Portugaliya vice-chempioni bo'ldi.

Uning murabbiylikdagi hozirga qadar erishgan so'nggi yutug'i "Olimpiakos" bilan qo'lga kiritildi. Klub ushbu murabbiy qo'l ostida 2017 yil Greciya chempioni bo'ldi.

Ushbu murabbiyni ko'pchilik Portugaliya terma jamoasidagi ishi orqali yaxshi taniydi. 2010 yilgi mundialdan so'ng terma jamoani qabul qilib olgan Bentu terma jamoani 2012 yilgi Evropa chempionati yarim finaliga qadar olib chiqdi. 2014 yil Braziliyada o'tgan Jahon chempionatida esa Portugaliya sensacion tarzda guruhdan chiqa olmadi. O'sha yil sentyabr oyida Albaniyaga qarshi o'z uyidagi mag'lubiyatdan so'ng Portugaliya futbol Federaciyasining sabr kosasi to'ldi va Paulu Bentuga chiqish eshiklari ko'rsatildi.

SHundan keyin Braziliyaning "Kruzeyro" klubida atiga ikki oy davomida ishladi. So'ngra Greciyada "Olimpiakos" bilan chempion bo'ldi. Xitoyning "CHongking Lifan" jamoasida esa 14ta o'yinda 8ta mag'lubiyat qayd etgach klubni tark etdi.

Futbolchilikdagi sovrinlari

"Eshtrela Amadora"
Portugaliya kubogi sohibi - 1990

"Benfika"
Portugaliya kubogi sohibi - 1996

"Sporting"
Portugaliya chempioni - 2002
Portugaliya kubogi sohibi - 2002
Portualiya Superkubogi sohibi - 2002
 
Murabbiylikdagi sovrinlari

"Sporting"

Portugaliya kubogi sohibi - 2007, 2008
Portugaliya Superkubogi sohibi - 2007, 2008
Portugaliya vice-chempioni - 2007, 2008

"Olimpiakos"
Greciya chempioni - 2017


O'ZARO O'YINLAR
Janubiy Koreya terma jamoasi O'zbekistonning eng noqulay raqiblaridan biri hisoblanadi. SHu kunga qadar bu ikki jamoa 15 marta o'zaro to'qnash kelishgan. SHulardan 10tasida koreyslar g'alaba nashidasini surishgan. To'rtta bahsda g'olib aniqlanmagan. O'zbekiston o'z tarixida Janubiy Koreyani faqat bir marta (!!!) mag'lub etishning uddasidan chiqqan. O'zbekiston 15ta o'yinda raqib darvozasiga 14ta gol urgan. Koreyslar esa 30 marta to'p kiritishga muvaffaq bo'lishgan.

Bu jamoalar shu kunga qadar 4 marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgan. Uchta bahsda koreyslar g'olib bo'lishgan va bir uchrashuvda durang qayd etilgan. O'zbekiston va Janubiy Koreya ikkinchi marta Avstraliyada o'zaro o'yin o'tkazishadi. 2015 yil ushbu mamlakatda o'tgan Osiyo Kubogi chorak finali doirasida, Melburn shahrida kechgan bahsning asosiy vaqtida 0:0 hisobi qayd etilgan. Qo'shimcha taymlarda esa Janubiy Koreya ikkita gol urib yarim finalga yo'l olgandi - 2:0.



Jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar


Sana

Mezbon

Hisob      
 

Mehmon

O'yin maqomi

13.10.1994      

O'zbekiston

 1:0

Janubiy Koreya       

XII Osiyo o'yinlari

12.09.1997

Janubiy Koreya       

 2:1

O'zbekiston

JCH-1998 saralashi

18.10.1997

O'zbekiston

 1:5

Janubiy Koreya

JCH-1998 saralashi

30.03.2005

Janubiy Koreya

 2:1

O'zbekiston

JCH-2006 saralashi

03.06.2005

O'zbekiston

 1:1

Janubiy Koreya

JCH-2006 saralashi

05.07.2007

Janubiy Koreya

 2:1

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

11.10.2008

Janubiy Koreya

 3:0

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

28.01.2011

Janubiy Koreya

 3:2

O'zbekiston

Osiyo kubogi-2011 

25.02.2012

Janubiy Koreya

 4:2

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

11.09.2012

O'zbekiston

 2:2

Janubiy Koreya

JCH-2014 saralashi

11.06.2013

Janubiy Koreya

 1:0

O'zbekiston

JCH-2014 saralashi

22.01.2015

Janubiy Koreya

 2:0

O'zbekiston

Osiyo kubogi-2015 

27.03.2015

Janubiy Koreya

 1:1

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

15.11.2016

Janubiy Koreya

 2:1

O'zbekiston

JCH-2018 saralashi

05.09.2017

O'zbekiston

0:0

Janubiy Koreya

JCH-2018 saralashi



Janubiy Koreyaning Avstraliya va O'zbekiston bilan o'yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati

Darvozabonlar:

Kim Seong Gyu ("Vissel Kobe", Yaponiya)
Kim Jin Xyon ("Sereso Osaka", Yaponiya)
Jo Xyon Vu ("Degu").

Himoyachilar:
Kim Yong Gvon ("Guanjou Evergrand", Xitoy)
Park Ju Xo ("Ulsan Xyunday")
Li Yong ("CHonbuk")
Xong CHul ("Suvon Samsung")
Kim Min Jae ("CHonbuk")
Jun Syon Xyun ("Kashima Antlers", Yaponiya)
Kvon Kyun Von ("Tyanjin Kuanjin", Xitoy)
Park Ji Su ("Geonnam")
Li Yu Xyon ("CHonnam Dragons")

Yarim himoyachilar:
Li CHun Yon ("Boxum", Germaniya)
Ku Ja CHol ("Augsburg", Germaniya)
Nam Tae Xi ("Al Duhayl", Qatar)
Ju Se Jong ("Asan Mugungxva")
Mun Seon Min ("Incheon Yunayted")
Kim Syon Dae ("Poxan Stilers")
Xvan In Beom ("Daejon")
Li Jin Xyun ("Poxan Stilers")
Na Sang Xo ("Gvangju")
Kim Jun Min ("Lifering", Avstriya)

Hujumchilar:
Xvan YU Jo ("Gamba Osaka", Yaponiya)
Suk Xyun Jun ("Reyms", Franciya)



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика