"Osmonda abadiy qolgan yulduzlar". "Paxtakor-79" haqidagi hujjatli film
11 avg 2021 09:00
Yangiliklar
"Osmonda abadiy qolgan yulduzlar". "Paxtakor-79" haqidagi hujjatli film
2019 yil "Paxtakor" futbol klubining yangi rahbariyati tashabbusi bilan "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan hujjatli film suratga olingan edi. "Osmonda abadiy qolgan yulduzlar" deb nomlangan ushbu filmda ko'pchilikka hali malum bo'lmagan haqiqatlar mujassam.
Bu film 1979 yil 11 avgust hodisalari asosida suratga olingan. Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi Minsk shahriga "Dinamo" bilan o'yinga uchgan va aviahalokatga uchragan. Filmda futbolchilar halokatdan bir necha soat oldin nimalarni his qilishgani ko'rsatib berilgan.
Filmning original nomi: "Film o zvyozdax, kotorye navsegda ostanutsya v nebe".
Scenariy mualliflari:
Doniyor SHokirov
Farrux Rasulov
Davron Fayziev
Postanovkachi rejissyorlar:
Farrux Rasulov
Sardor Ahmedov
Postanovkachi operator:
Dilmurod Turdiboev
Dublyaj rejissyori:
Kamoliddin Rahimov
Rejissyor:
Muhiddin Boymirzaev
Fikrlar