Tarixda ilk bor! Avstraliya - Hindiston uchrashuvini ayol kishi boshqarib boradi
11 jan 14:59
Yangiliklar
Tarixda ilk bor! Avstraliya - Hindiston uchrashuvini ayol kishi boshqarib boradi
O'zbekiston terma jamoasi 1-turni Suriyaga qarshi o'tkazadi. Biroz avval mazkur bahsda o'monlik Ahmad Al Kaf boshchiligidagi hakamlar ishlashi haqida xabar bergandik.
Guruhimizdagi ikkinchi o'yinda Avstraliya Hindiston bilan to'qnash keladi. OFK mazkur bahs bosh hakami etib yaponiyalik 37 yoshli ayol Yoshimi Yamashitani tayinladi. Unga qanotlarda hamyurtlari (ular ham ayol) Makoto Bozono va Naomi Teshigori yordam berishadi.
Zaxira hakami sifatda Yusuke Araki ishlaydi. VAR hakami Xiroyuki Kimura. Eslatib o'tamiz, Avstraliya - Hindiston bahsi 13 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Osiyo Kubogi-2023, 1-tur
Avstraliya - Hindiston
13 yanvar 2023 yil. "Ahmed bin Ali" stadioni. 16:30 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam: Yoshimi Yamashita (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Makoto Bozono va Naomi Teshigori (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Yusuke Araki (Yaponiya)
VAR: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
VAR assisenti: Iida Jumpey (Yaponiya)
Beshinchi hakam: Jun Mixara (Yaponiya).
Australia Jackson Irvine - 50', Jordan Bos - 73' |
Asian Cup Grp. B . 1-tur 13/01/2024, 16:30 0
:
2
Tugadi
|
India |
Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 36253 tomoshabin
Fikrlar