Osiyo kubogi-2023. Ermatov, Katanec va Jeparov Qatarga jo'nab ketishdi, ertaga qura
10 may 2023 12:27
Yangiliklar
Osiyo kubogi-2023. Ermatov, Katanec va Jeparov Qatarga jo'nab ketishdi, ertaga qura
"Katara Opera House"da o'tkaziladigan tadbirda O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec ishtirok etadi.
2008 va 2011 yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan o'zbekistonlik Server Jeparov esa qura tashlash jarayonida bevosita ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, qura jarayonida terma jamoalar ayni paytdagi FIFA reytingiga ko'ra savatchalarga ajratiladi.
Osiyo kubogi-2023 qurasi uchun savatchalar quyidagicha bo'ladi:
1-savatcha
Qatar (musobaqa mezboni), Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni
2-savatcha
Iroq, BAA, Ummon, O'zbekiston, Xitoy, Iordaniya
3-savatcha
Bahrayn, Suriya, Falastin, Vetnam, Qirg'iziston, Livan
4-savatcha
Hindiston, Tojikiston, Tailand, Malayziya, Gonkong, Indoneziya
Osiyo kubogi final bosqichi 2024 yil 12 yanvardan 10 fevralga qadar Qatarda bo'lib o'tadi.
Fikrlar