So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya ilk turda Hindistonni qiyinchiliksiz mag'lub etdi Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. Avstraliya ilk turda Hindistonni qiyinchiliksiz mag'lub etdi

Osiyo kubogi-2023 "B" guruhi 1-tur doirasidagi Avstraliya - Hindiston o'yini bo'lib o'tdi.

Avstraliya — Hindiston 2:0

Gollar: Irvin (50), Bos (73).

Avstraliya: 1. Metyu Rayan, 25. Getin Jons, 19. Xarri Suttar, 4. Kay Roules, 16. Aziz Bexich, 17. Kianu Bakkus, 22. Irvin Jekson, 8. Konnor Metkalf, 6. Martin Boyl, 15. Mich Dyuk, 23. Kreyg Gudvin.

Hindiston: 1. Gurpet Sinx, 2. Raxul Beke, 3. Subasish Bose, 5. Sandesh Jingan, 8. Suresh Sinx, 9. Manvir Sinx, 11. Sunil CHetri, 17. Lallianzuala Ralte, 21. Nikxil Pujari, 25. Dipak Tangri.



O'YIN YAKUNLANDI

90+5. Avstraliya hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi, ammo to'p darvozaga kirishni istamadi.

90. Ayol hakam birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi.

89. Hindistonda ikki o'zgarish: CHxetri va CHxangte o'rniga Singx va Partap tushirildi.

88. Bos! Zaxiradan tushgan o'yinchi dubl qayd etishiga bir bahya qoldi.

82. "Kengurular"da so'nggi o'zgarish: Onill Bakkusni almashtirdi.

79. Hindiston bosh murabbiyi uchinchi o'zgarishga ham qo'l urdi: Txapa Tangrini almashtirdi.

75. Hindistonda ikki o'zgarish: Mishra va Kolako Bose va Vangjamni almashtirdi.

73. GOOOOOOOOOL!! Bos hujumni ajoyib tarzda yakunlamoqda. U qanotdan kirib borgan sherigining uzatmasini deyarli bo'sh qolgan darvozaga osongina yo'llamoqda.

72. Avstraliyada yana ikki o'zgarish: maydonni Gudvin va Duk tark etdi, ularning o'rniga Bos va Fornaroli tushirildi.

69. Avstraliya qo'pol xato sabab gol o'tkazib yuborishiga bir bahya qoldi. Ammo, Metyu kech bo'lsa ham to'pni egallab oldi.

63. Avstraliyada ikkita o'zgarish: Silvera va Makgri mos ravishda Moyl va Metkalfni almashtirdi.

62. Avstraliyaliklar ikkinchi golni urish uchun harakat qilishmoqda. Hindiston esa hisobni qisqartirish uchun o'ylayotgani ham yo'q.

55. Avstraliya ikkinchi golni urishga juda yaqin kelgan edi. Ammo, Behichning zarbasini hindistonliklar maydondan tashqariga chiqarib yuborishdi.

50. GOOOOOOLL!!! Irvin darvozabonning xatosidan so'ng hisobni ochmoqda.

48. Irvin jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rdi. O'ta noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Hakam birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

44. O'yinchilar o'rtasida to'qnashuv yuzaga kelgandi. Hammasi joyida, hech kim jiddiy jarohat olmadi.

41. Metkalf jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni bosh bilan darvozaga yo'llashga harakat qildi, ammo raqib to'pga to'g'anoq bo'ldi.

39. Nominal mezbonlar o'yinda ustunlik qilishmoqda, ammo darvoza oldida xavfli vaziyatlar yaratishda muammolar yuzaga kelmoqda.

35. Avstraliya terma jamoasi burchak to'piga ega bo'lmoqda.

31. Kengurularda navbatdagi burchak to'pi. Biroq bu safar ham avvalgilari kabi muvaffaqiyatsiz.

26. Avstraliyaliklar burchak to'pini darvozaga burishga urinishdi, biroz noaniq.

21. O'yindagi dastlabki golga yaqin vaziyat Hindiston darvozasi oldida sodir bo'ldi. Biroq birinchi zarbada Gurpet Sinx seyv ijro etdi, ikkinchi urinishda to'pni himoyachilar qaytarishdi.

16. Sunil CHetri qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burishga urindi, ammo maqsadiga erisha olmadi.

11. Avstraliya terma jamoasining hujumi bosh bilan berilgan zarba bilan yakunlandi, biro zarba ancha noaniq bo'ldi.

6. O'yindagi ilk zarba! Aziz Behichning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi noaniq ketdi.

4. Hindiston hozircha oldinroq kutilganidek chuqur himoyaga yotib olishmayapti.

1. O'yinga start berildi!

- Ikki mamlakat madhiyalari yangramoqda.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Birozdan so'ng Osiyo kubogi-2023 "B" guruh bosqichidagi guruhdoshlarimiz Avstraliya va Hindiston terma jamoalari 1-tur doirasida to'qnash kelishadi. Biz esa bu o'yinni birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика