So’nggi yangiliklar

01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  0 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  2 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  2 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  6 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  6 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   11 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  82

Osiyo Kubogi-2007. To'rt davlatda o'tgan musobaqa Yangiliklar

Osiyo Kubogi-2007. To'rt davlatda o'tgan musobaqa

Xabaringiz bor, 2019 yilning 5 yanvarida Birlashgan Arab Amirliklarida hisob bo'yicha XVII Osiyo Kubogi start oladi.

SHu munosabat bilan o'quvchilarimizga oldingi 16ta qita chempionati haqida malumotlar berib borishga qaror qildik.


Dastlabki 13ta Osiyo Kubogi haqida malumot bergan edik. 


Osiyo Kubogi-1960. Janubiy Koreya ikki karra qita chempioni

Osiyo Kubogi-1956. Dastlabki musobaqada Janubiy Koreya g'olib

Osiyo Kubogi-1964. Uchinchi urinishda chempion bo'lgan Isroil

Osiyo Kubogi-1968. Eron ham o'z uyida chempion

Osiyo Kubogi-1972. Final o'yini bo'lgan dastlabki chempionat

Osiyo Kubogi-1976. Erondan “xet-trik” + VIDEO

Osiyo Kubogi-1980. Karlos Alberto Parreyra boshchiligidagi Kuvayt o'z uyida chempion 

Osiyo Kubogi-1984. Debyutant Saudiya Arabistoni – chempion

Osiyo Kubogi-1988. Saudiya Arabistoni va Karlos Alberto Parreyradan "dubl"

Osiyo Kubogi-1992. Yaponiyaning ilk chempionligi

Osiyo Kubogi-1996. O'zbekiston ishtirokidagi birinchi Osiyo Kubogi

Osiyo Kubogi-2000. O'zbekiston uchun eng sharmandali Osiyo Kubogi

Osiyo Kubogi-2004. Penaltilar seriyasidagi omadsizlik 


Endi 2007 yilgi Osiyo Kubogi haqida gaplashamiz.

2007 yilgi Osiyo Kubogiga birdaniga to'rtta mamlakat – Indoneziya, Malayziya, Tailand va Vetnam mezbonlik qilgan. Musobaqa ilk bor toq yilda bo'lib o'tgan. Bu safar ham 16ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda chempionlik uchun kurash olib bordi. Bu Osiyo Kubogida Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vetnam, Avstraliya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Eron, Janubiy Koreya, BAA, Ummon, Bahrayn, Iroq, Xitoy, Qatar va O'zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi. Takidlash lozimki, 2006 yil OFK tarkibiga qo'shilgan Avstraliya terma jamoasi ilk bor Osiyo Kubogi final bosqichiga chiqdi.

To'rt mezbonlar saralashsiz Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Qolgan 12ta jamoa, xatto amaldagi chempion Yaponiya ham saralashda qatnashdi. O'zbekiston terma jamoasi o'z tarixida to'rtinchi bor qita chempionatida ishtirok etdi.

Terma jamoamiz saralashda Qatar, Gonkong va Bangladesh bilan bir guruhdan joy olgan. Bangladesh ikkala o'yinda ham yirik hisoblarda mag'lub etilgan. Gonkong esa biz uchun haqiqiy bosh og'riq bo'la olgan. Toshkentda 2:2, safarda 0:0 hisoblari qayd etilgach bosh murabbiy Valeriy Nepomnyashiy saralash bahslari tugagach istefo bergan edi. Buning ustiga safarda Qatarga yutqazib qo'ygandik - 1:2. Oxirgi turda Toshkentda Osiyo Kubogiga chiqib bo'lgani uchun ikkinchi tarkibi bilan kelgan Qatar 2:0 hisobida mag'lub etilgani uchun yo'llanmaga ega bo'lganmiz.  2007 yilgi Osiyo Kubogi Jakarta, Palembang, Kuala-Lumpur, SHox Alam, Xanoy, Xo SHi Min va Bankonk shaharlaridagi 8ta stadionda stadionlarida o'tkazilgan.



Osiyo Kubogida Rauf Inileev boshchiligidagi jamoamiz guruh bahslarini Malayziyada o'tkazgan. Dastlabki o'yin Eron termasiga qarshi bo'lgan. Avtogol evaziga biz hisobda oldinga chiqib olgandik. Ikkinchi taymda forslar ikkita gol urib irodagi g'alabaga erishgandi - 2:1.

Ikkinchi turda mezbon Malayziya 5:0 hisobida tor-mor etilgandi. So'nggi turda Xitoy bilan o'zaro bahsda ikkinchi o'rin taqdiri hal bo'lgan. Vakillarimiz so'nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga 3:0 hisobida zafar quchib chorak finalga chiqishgan edi.

CHorak finalni futbolchilarimiz Jakartada Saudiya Arabistoniga qarshi o'tkazishgan. CHiroyli, hujumkor va shiddatli tarzda o'tgan bahsda vakillarimiz alamli mag'lubiyatni qabul qilib olishgan edi - 1:2. Bizdan yagona golga Pavel Solomin mualliflik qilgandi. O'sha mag'lubiyatdan keyin muxlislar terma jamoamizni ko'rsatgan o'yin uchun rahmat aytganlari hamon yodimizda turibdi. Bizni mag'lub etgan Saudiya Arabistoni yakunda finalga qadar etib borgandi.

Yarim finalda Iroq va Janubiy Koreya o'rtasidagi bahsda hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida iroqliklar omadliroq chiqishgan - 4:3. Amaldagi chempion Yaponiya yarim finalda Saudiya Arabistoniga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.



Jakartadagi "Gelora Bung Karno" stadionida o'tgan hal qiluvchi bahsda ikki braziliyalik murabbiy boshchiligidagi ikki arab jamoasi to'qnash keldi. Butun musobaqa davomida mardonavor o'yin ko'rsatgan Iroq finalda Yunus Mahmud tomonidan urilgan yagona gol evaziga Osiyo chempioni bo'lgan edi - 1:0. Iroqliklar ustozi Jorvan Vieyra esa musobaqa qahramoniga aylangandi.

Finalda gol urgan Yunus Mahmud 2007 yilgi Osiyo Kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. Bundan tashqari u 4ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgandi.


Osiyo Kubogi-2007
Mezbon mamlakatlar: Indoneziya, Malayziya, Tailand, Vetnam
Muddati: 7–29 iyul
Jamoalar soni: 16ta
Mezbon shahar: 7ta

Musobaqa statistikasi:
O'yinlar soni:
32ta
Gollar soni: 84ta (o'rtacha 2,63tadan)
Tomoshabinlar tashrifi: 724222 (22632 o'rtacha)
To'purar: Yunus Mahmud (Iroq), Naoxiro Takaxara (Yaponiya), Yosir Al Qahtoni - 4tadan gol
Eng yaxshi futbolchi: Yunus Mahmud (Iroq)
Feyr-pley sovrini: Yaponiya

Osiyo Kubogi-2007 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon:
Li Vun Ja (Janubiy Koreya)
Himoyachilar: Yuji Nakazava (Yaponiya), Lukas Nill (Avstraliya), Bosim Abbos (Iroq), Rahmon Rizoyi (Eron)
Yarim himoyachilar: SHunsuke Nakamura (Yaponiya), Xarri Kyuell (Avstraliya), Li CHun Su (Janubiy Koreya), Nashat Akrom (Iroq)
Hujumchilar: Yosir Al Qahtoni (Saudiya Arabistoni), Naoxiro Takaxara (Yaponiya)


“A” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Iroq

3

1

2

0

4:2

5

Avstraliya

3

1

1

1

6:4

4

Tailand

3

1

1

1

3:5

4

Ummon

3

0

2

1

1:3

2



“B” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Yaponiya

3

2

1

0

8:3

7

Vetnam

3

1

1

1

4:5

4

BAA

3

1

0

2

3:6

3

Qatar

3

0

2

1

3:4

2



“C” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Eron

3

2

1

0

6:3

7

O'zbekiston

3

2

0

1

9:2

6

Xitoy

3

1

1

1

7:6

4

Malayziya

3

0

0

3

1:12

0



“D” guruhi

O'

YU

D

M

T-N

O

Saudiya Arabistoni

3

2

1

0

7:2

7

Janubiy Koreya

3

1

1

1

3:3

4

Indoneziya

3

1

0

2

3:4

3

Bahrayn

3

1

0

2

3:7

3



CHorak final
Yaponiya - Avstraliya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:3)
Gollar
: Takaxara 72 - Aloizi 70

Iroq - Vetnam 2:0
Gollar:
Yunus Mahmud 2, 65

Eron - Janubiy Koreya 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 2:1
Gollar: 
Yosir Al Qahtoni 3, Al Musa 75 - Pavel Solomin 82

Yarim final
Iroq - Janubiy Koreya 0:0 (penaltilar seriyasi 4:3)


Yaponiya - Saudiya Arabistoni 2:3
Gollar:
Nakazava 37, Abe 53 - Yosir Al Qahtoni 35, Muaz 47, 57


Uchinchi o'rin uchun o'yin
Janubiy Koreya - Yaponiya 0:0 (penaltilar seriyasi 6:5)


FINAL
IROQ - SAUDIYA ARABISTONI 1:0
29 iyul 2007. Jakarta. "Gelora Bung Karno". 60000 tomoshabin.
Bosh hakam: 
Mark SHild (Avstraliya)
Gol: Yunus Mahmud 73

Iroq: Nur Sabri, Jassim G'ulom, Bosim Abbos (Ali Abbos, 89), Nashat Akrom, Yunus Mahmud, Xavar Mulla Muhammad, Karrar Jassim (Ahmad Mnajed, 83), Haydar Abdul Amir, Ali Rehema, Mahli Karim (Ahmad Abid Ali, 90), Qusay Munir.
Bosh murabbiy: Jorvan Vieyra (Braziliya)

Saudiya Arabistoni: Yosir Al Musaylim, Osama Xavsavi, Komil Al Musa, Malik Muaz, Saud Kariri, Ahmad Al Bahri (Saad Al Xatri, 84), Xolid Aziz, Taysir Al Jassim (Abdu Otayf, 76), Abdulrahmon Al Qahtoni (Ahmad Al Musa, 46), Valid Jahdali, Yosir Al Qahtoni.
Bosh murabbiy: Xelio Dos Anjos (Braziliya)



Osiyo Kubogi-2007 chempion tarkib
Darvozabonlar
Ahmad Ali
Nur Sabri
Muhammad Kassid

Himoyachilar
Jassim G'ulom
Bosim Abbos
Xaldun Ibrohim
Haydar Abdulrazzoq
Haydar Abdulamir
Ali Rehema
Nabil Abbos

Yarim himoyachilar
Nashat Akrom
Solih Sadir
Ali Abbos
Ahmad Abid Ali
Xavar Mulla Muhammad
Karrar Jassim
Mahdi Karim
Xaytam Kadim
Qusay Munir

Hujumchilar
Muhammad Nosir
Yunus Mahmud
Ahmad Mnajed
Luay Salah
Bosh murabbiy: Jorvan Vieyra (Braziliya)


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика