So’nggi yangiliklar

08:17Луис Энрике: "Парижда жуда кучли жамоага айланамиз, чунки йўқотадиган нарсамиз йўқ"  0 07:50U-23 Осиё кубоги. Бугун финалдан олдинги матбуот анжумани бўлиб ўтади   3 07:20Рустам Абдуҳамидов: "Амалдаги финалчиларнинг чиқиб кетиши ва "Қизириқ" Ўзбекистон кубогининг сенсациясига айланди"  0 06:40Қирол кубоги. "Ал Насср" - "Ал Ҳалиж" 3:1  3 06:30 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Боруссия Д" - ПСЖ 1:0   0 02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  28 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  8 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  3 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  1 23:55Файзуллаевга қизиқаётгани айтилган "Парма" А Серияга қайтди  3 23:32Лунин "Реал Мадрид" билан узоқ муддатли янги шартнома имзолайди  0 22:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Хурсандчилик ўтиб кетди. Ҳозир финалга тайёргарлик кўряпмиз"  13 22:30U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  12

Osiyo kubogi-2007 g'olibi: "O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga qadar etib bora oladi" Yangiliklar

Osiyo kubogi-2007 g'olibi: "O'zbekiston terma jamoasi chorak finalga qadar etib bora oladi"

Iroq terma jamoasi bilan 2007 yilgi Osiyo kubogida chempion bo'lgan Jorvan Vieyra Qatar maydonlarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi bo'yicha saytimizga intervyu berdi.

- Osiyo kubogidan nimalar kutmoqdasiz? Turnirdagi terma jamoalar haqida fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz

- Avvalambor barcha O'zbekistonlik futbol muxlislariga salomimni yo'llayman. OK-2023ga keladigan bo'lsak, ajoyib va qiziqarli musobaqa bo'lishi shubhasiz. CHiroyli futbol bo'ladi, degan umiddaman. Favoritlarni aniq ayta olmayman. Yaxshi terma jamoalar juda ko'p va murabbiy sifatida aynan kimdirni takidlab o'ta olmayman.

- "B" guruhiga nazar tashlasak. Ushbu guruhdan joy olgan terma jamoalar haqida qanday fikrdasiz? Qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqishi mumkin?

- B guruhidagi uchrashuvlarni tomosha qilish juda qiziq bo'ladi. Har bir terma jamoa juda raqobatdosh. Hindistonda futbol rivojlanib bormoqda, ammo hind terma jamoasida katta musobaqalardagi ishtirok tajribasi kam. Osiyo kubogi Hindiston terma jamoasining darajasini ko'rsatib beradi. Qolgan uchta terma jamoaning darajasi bir-biriga juda yaqin. Avstraliya katta turnirlarning doimiy ishtirokchisi, O'zbekiston terma jamoasi kuchli tarkibga ega va o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan. Suriya terma jamoasi ham osonlikcha taslim bo'lmaydi, ularda yaxshi tarkib shakillangan. Suriya terma jamoasi futbolchilarining asosiy qismi legionerlar, Avstraliya terma jamoasi kabi. O'zbekiston terma jamoasining asosiy qismi esa mahalliy futbolchilardan tashkil topgan, legionerlarning ko'pchiligi Rossiyada chempionatida o'ynashadi.


Jorvan Vieyra Olmaliqda

- Arab mamlakatlarida ko'p vaqt ishlagansiz va arab futbolida katta tajribaga egasiz. Arab terma jamoalarining hozirgi holati qanday?

- Arab terma jamoalari har xil holatda. Umumiy tarif berish noto'g'ri bo'ladi, deb o'ylayman. O'tgan hafta O'mon va BAA o'rtoqlik uchrashuvini tomosha qildim va O'mon terma jamoasi g'alaba qozondi. BAA terma jamoasidan ko'proq narsa kutgan edim. Qatar musobaqa mezboni va ular shubhasiz chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qiladilar. Suriya haqida avvalroq gapirib o'tdim, ular juda kurashuvchan va raqobatdosh. Livan terma jamoasi yangi murabbiy bilan musobaqada ishtirok etadi va livanliklar yangi bosh murabbiyning uslubida o'ynashadi. Livan terma jamoasidan har narsa kutish mumkin. Saudiya Arabistoni esa juda kuchli terma jamoa va ular hozir juda kuchli tarkibga ega. Yana bir arab mamlakati - Bahrayn, Bahrayn terma jamoasini kuchsizroq degan bo'lar edim. Bahrayn futboliga stabillik etishmaydi. SHuningdek Falastin terma jamoasi ham ushbu musobaqada ishtirok etadi. Falastin terma jamoasining ahvolini bilasiz, ular mamlakatida ro'y berayotgan hodisalar sabab ular o'z xalqini xursand qilishga intilishadi va qo'shimcha ishtiyoq bilan o'ynashadi. Saudiya Arabistonini Arab mamlakatlari ichidagi eng kuchlisi deb o'ylayman. Men ishlagan Iroq terma jamoasi esa ushbu musobaqada "syurpriz" jamoa bo'ladi deb o'ylayman.

- O'zbekiston terma jamoasi haqida nima deya olasiz?

- O'zbekiston terma jamoasi katta ambiciyaga ega jamoa, ammo terma jamoangiz katta musobaqalarda katta natijaga erisha olmagan. Umid qilamanki O'zbekiston terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogida o'z futbolini yangi darajaga olib chiqadi. Terma jamoangiz qiyinchiliklarsiz chorak finalga qadar etib bora oladi. Buyog'iga esa Yaponiya va Janubiy Koreyalarga qarshi grand jamoalar bilan to'qnash kelasizlar.

- Iroq terma jamoasi bilan 2007 yilgi Osiyo kubogida chempion bo'lgansiz. O'sha musobaqa haqida nimalarni eslaysiz? O'zbekiston terma jamoasi ham Iroq-2007ga o'xshab tarixiy natija qayd etish uchun nima maslahat bera olasiz (hazil ohangida)

- Iroq terma jamoasi bilan tarixiy natijaga erishgandik. O'sha musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Iroq terma jamoasi juda ko'p muammolarga duch kelganiga qaramay, biz chempion bo'lganmiz va Iroq xalqini xursand qilganmiz. O'zbekistonga faqatgina omad tilayman. 

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика