U-23 Osiyo kubogi. Bugun finaldan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi
02 may 07:50
Yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Bugun finaldan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Qatarda U-23 Osiyo kubogi yakuniga etmoqda
Ertaga, 3 may kuni musobaqaning final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Yaponiya va O'zbekiston oltin medallar uchun kurash olib borishadi.
Bugun, 2 may kuni har ikkala jamoa vakillari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tkaziladi.
Yaponiya bosh murabbiyi Go Oiva hamda jamoa sardori Joel CHima Fujita ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.
O'zbekiston bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda jamoa sardori Jasur Jaloliddinov ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 14:00ga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya - O'zbekiston o'rtasidagi final uchrashuvi 3 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.
Fikrlar