Osiyo futboli. Bahrayn terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
14 mar 2019 15:39
Yangiliklar


Osiyo futboli. Bahrayn terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi
Portugaliyalik Xelio Souza Bahrayn terma jamoasini boshqaradi.
Ushbu murabbiy bungacha terma jamoaga ustozlik qilgan Miroslav Soukup o'rnini egalladi. Bu xabarni Bahrayn futbol associaciyasi ham tasdiqladi. Associaciyasi prezidenti SHayx Ali bin Xalifa shunday dedi: "Biz portugaliyalik murabbiy bilan uchrashdik va Xelio Souzaning terma jamoada ishlashi borasida kelishuvga erishdik".
50 yoshli Souza bungacha Portugaliya U-19 terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan yil U-19 Evropa chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bu murabbiy bilan shuningdek Portugaliya U-17 jamoasi ham 2016 yil U-17 Evropa chempionatida zafar quchgan. Endilikda ushbu mutaxassis Bayhar termasiga ustozlik qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar