So’nggi yangiliklar

17:10Ўзбекистон - Испания. Асосий таркибимиз маълум  21 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  3 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  9 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  19 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  2 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  6 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  15 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  7 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  5

Osiyo chempionatidan biroz chalg'ib. Superliga jamoalarida nima gap? Yangiliklar

Osiyo chempionatidan biroz chalg'ib. Superliga jamoalarida nima gap?

Teglar :  Superliga
Ayni paytda barcha futbol ishqibozlari, OAVning etibori yurtimizda davom etayotgan U-23 Osiyo chempionatiga qaratilgani rost.

Lekin bir tomondan Superliga klublarida bo'layotgan jarayonlarni unutib qo'yayotgandekmiz. To'g'ri xalqaro turnir, unda terma jamoamiz ham qatnashmoqda. Bu musobaqalar qisqa vaqtda o'tib ketadi. Superliga esa hali uzoq davom etishi barchaga ayon. Mavsum ayni avj pallasiga kirib bormoqda. Bunday paytda tanaffus ayrim jamoalarga foyda bo'lsa, bir tekis natijalar qayd etib sport formasiga kirib olganlarga biroz noqulaylik tug'dirishi mumkin. Xo'sh, klublarimizda nima gaplar? Quyida shu haqida batafsil fikrlashamiz. 

AGMK 

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi olmaliqliklar dastlab CHimyon tog'-yon bag'rida joylashgan "Archazor" maskanida tayyorgarlikni olib bordi. Bunda asosan tiklanish mashqlariga etibor qaratildi. 5 iyun sanasigacha davom etgan kichik yig'inni yakunlagan futbolchilar Toshkentga qaytishdi. Bugundan mashg'ulotlar poytaxtda davom ettiriladi. AGMK navbatdagi turni 22 iyun kuni safarda "Olimpik"ga qarshi o'tkazadi. 



"Navbahor"

Bu yilgi mavsumda chempionlik uchun astoydil kurashayotgan "Navbahor" tanaffusdan foydalanib o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Ularga "Lokomotiv" jamoasi raqib vazifasini o'tab berdi, deya olamiz. Toshkentda kechgan uchrashuvda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekishdi. Jamoa Superligada galdagi uchrashuvini 21 iyun kuni uyda "Metallurg"ga qarshi o'tkazadi.

“Lokomotiv” – “Navbahor” -  2:2 (2:0)

6 iyun. Toshkent. “Do'rmon” stadioni.

Gollar:  G'ulom-Haydar G'ulomov (34), Anvarjon Alijonov (45) - Andrey Sidorov (71), Javohir Husanov (85). 



"Nasaf"

Superligada katta tezlik bilan birin-ketin raqiblarini mag'lub etayotgan "Nasaf" bir muddat tin olishga majbur. Bu orada Ro'ziqul Berdievda o'rinbosarlar safida harakat qilayotgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish imkoniyati bor. "Dinamo" bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirilgan tarkibdan ham buni sezish qiyin emas. Oldinda "ajdarlar"ni 22 iyun kuni safarda "Neftchi"ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. 

Nazorat uchrashuvi

“Nasaf” — “Dinamo” 0:2

Gollar: Oybek Nurmatov 34, Islom SHaripov 90+2

“Nasaf”: Azamat Soyibov (SHahzod Suyunov 84), G'olib, G'aybullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Jahongir SHermatov (Jahongir To'ychiev 84), Sardor Sadullaev (Nodir Mukarov 64), Bekjon Rahmatov (Mirjalol Qosimov 65), SHarof Muhitdinov, Bahrom Abdurahimov (Otajon Niyazmetov), Ivan Solovev (SHahzod Xushvqatov 84), Semir Smaylagich (Aziz Xolmurodov 65), SHahzod Akramov (SHerali Rasulov 76)




"Paxtakor"

Qolgan jamoalarga nisbatan "Paxtakor"da ko'zga ko'rinarli va yaqqol sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi, deb o'ylaymiz. O'zbekiston milliy terma jamoasi afsonasi Maksim SHackix klubda sport direktori lavozimida faoliyatini boshladi. Tabiiyki, mazkur yangilik o'zbek futboli muxlislarini quvontirgani shubhasiz. SHuningdek, ushbu klub libosida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan, sobiq himoyachi Kamoliddin Tojiev Slavche Voyneskiga tahlilchi murabbiy sifatida ko'maklashmoqda. "SHerlar"ning Superliga doirasidagi keyingi uchrashuvi 20 iyun sanasida safarda "Qizilqum"ga qarshi bo'lib o'tadi. 



"Lokomotiv"

Joriy yilda nomdor futbolchilardan qochib ko'proq o'z tarbiyalanuvchilariga etibor qaratayotgan "Lokomotiv"ning Superligadagi ishlari haqida biror narsa, deyish qiyin. Barqarorlik etishmayapti. O'yinchilarning harakatlari gohida yaxshi, bazida esa o'xshayotgani yo'q. O'zgarishlarga kelsak, bir necha yillardan buyon jamoa safida to'p tepib kelayotgan SHerzod Fayziev legionerga aylandi. Endilikda u Malayziyaning "Sri Paxang" klubida to'p tepadi. "Temiryo'lchilar"ning "Navbahor"ga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik o'yini haqida yuqorida malumot berdik. Superligada yana 10 kundan so'ng ular o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Ko'ramiz va kuzatamiz. 

"Bunyodkor"

So'nggi turlarda ishlari yurishmayotgan "Bunyodkor" va Karpenko uchun mazkur tanaffus ayni muddao edi. Qaysidir manoda "qaldirg'ochlar" uchun tanaffus vaqtinchalik qo'nish maydonchasi vazifasini o'tab bersa, ajab emas. Birinchi davraning oxirgi o'yinlarida tanaffus qanchalik foyda berganini ko'ramiz. Asosiy jamoa navbatdagi bahslarga tayyorgarlikni davom ettirayotgan pallada klub o'rinbosarlari Qirg'izistonda tashkillashtirilgan "Mer kubogi" turnirida zafar quchib qaytishdi. Akademiyaning 3ta yosh toifasidagi jamoasi esa Xorvatiyadagi “Dalmatinko cup” musobaqasida ishtirok etishdi.



“Dalmatinko cup”. Kichik "qaldirg'ochlar" Xorvatiyadagi turnirni qanday yakunladi? 


"Metallurg"

Bekobodda bong urayotgan so'nggi yangiliklarning barchasi Zohid Abdullaev bilan bog'liq. "Metallurg" afsonasiga aylanib bo'lgan hujumchi uchun klub xayrlashuv uchrashuvi tashkil qilmoqda. Bunda raqib Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bo'ladi. Bayramona ruhda o'tishi kutilayotgan bahs 11 iyun sanasida o'tishi rejalashtirilmoqda. 


"Gennadiy Krasnickiy klubi" azosi, Bekobod faxri Zohid Abdullaev faoliyatini yakunlamoqda



"Qo'qon-1912"

"SHunqor"larning Qo'qondagi tayyorgarlik mashg'ulotlari ko'tarinki ruhda davom etyapti. Jarohat sabab uzoq vaqtdan beri davolanib kelayotgan Hamidullo Abduhamidov individual tarzda shug'ullanishni boshladi. Jamoa bugun nazorat uchrashuvida Oltiariqning "Do'stlik" jamoasiga qarshi o'ynaydi. Superligada esa 21 iyun kuni "Bunyodkor" raqiblik qiladi. 


"Neftchi"

Farg'onaliklar rejaga ko'ra 3 iyun sanasidan tayyorgarlikni davom ettirishmoqda. Mashg'ulotlarda Ilhom Mo'minjonovga serbiyalik murabbiy Milan CHirich yaqindan ko'maklashyapti. Yana bir o'ylantirayotgan jihat, "Neftchi" o'z maydoniga qachon qaytadi? "Stadion mamuriyati bergan malumotga ko'ra, yangi maysalardagi ilk o'yin avgust oyinining birinchi dekadasida o'tkazilishi mumkin ekan. Mutaxassislar yangi ekilgan maysa chimlari maydonga yaxshilab o'rnashib olishi uchun birmuncha vaqt zarur ekanligini aytishibdi",- deya xabar bermoqda saytimiz muxbiri Bekzod Tolipov. Demak uchrashuv Yaypandagi "O'zbekiston" arenasida o'tkaziladi. 

"Dinamo"

Andrey SHipilov murabbiyligiga o'tgan "Dinamo" tanaffusdan samarali foydalanish payida. Jamoa "Nasaf" bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda samarqandiklar 2:0 hisobida g'alabani tantana qildi. Unda quyidagi tarkib maydonga tushdi: Aslonbek Ahrorov, Jo'rabek Mannonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Jasur Jumaev), Evgeniy CHumak (Doston Foteev), Saydullo Rahmatov, Jasurbek Umarov, Abdujamol Isroilov (Vohid Oqbo'taev), Temurbek Ismoilov (To'lqin Ergashev), Oybek Nurmatov (SHokir Yo'ldoshev), SHohmalik Komilov, Sahob Rashidov (Faxriddin Alimov). Superligada oxirgi pog'onani egallab turgan "Dinamo"ga ham tanaffus zarur edi. Ular bundan qanchalik foyda olishadi? Vaqt ko'rsatadi. 

Maqola klublarning matbuot xizmati elon qilgan xabarlarga tayanilib yozildi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика