“Orzular terma jamoasi”. 3-son. Diyor Imomxo'jaev
15 dek 2019 14:40
Yangiliklar
Bu galgi son esa PFL bosh direktorining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Diyor Imomxo'jaevning versiyasiga ko'ra tayyorlandi.
“Orzular terma jamoasi” – 11 nafar asosiy tarkib o'yinchisi, 5 zaxira azosi hamda bir mutaxassisdan tashkil topadi. Jahon jamoasi 1990-yildan boshlab, O'zbekiston termasi esa 1992-yildan to hozirgi vaqtga qadar faoliyat olib borgan va borayotgan futbolchilar hamda murabbiydan iborat bo'ladi.
Demak, uning jahon futboli yulduzlaridan tuzgan termasi bilan tanishing:
“Orzular terma jamoasi” (jahon)
Sxema: 3-4-3
Darvozabon – Janluijji Buffon;
Himoyachilar – Serxio Ramos, Virjil van Deyk, Karles Puyol;
Yarim himoyachilar – Zinedin Zidan, Xavi, Andrea Pirlo, Ronaldino;
Hujumchilar – Lionel Messi, Serxio Aguero, Krishtianu Ronaldu.
MURABBIY: Pep Gvardiola.
Zaxiradagilar: Pol Skoulz, Stiven Jerrard, Devid Bekxem, Andreas Inesta, Zlatan Ibragimovich.
P.S. Diyor Imomxo'jaevning o'zbekistonlik futbolchilardan tuzgan ramziy termasi esa yaqin vaqtlar ichida saytimiz orqali elon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting.
Eslatib o'tamiz, loyihaning avvalgi sonlari Davron Fayziev hamda Hayrulla Hamidovga atalgandi.
“Orzular terma jamoasi” (jahon). 1-son. Davron Fayziev.
“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 1-son. Davron Fayziev.
“Orzular terma jamoasi” (jahon). 2-son. Xayrulla Hamidov.
“Orzular terma jamoasi” (O'zbekiston). 2-son. Xayrulla Hamidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar