So’nggi yangiliklar

13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   0 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  0 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  2 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  5 12:03Расман: "Бунёдкор" легионер ҳужумчи трансферини эълон қилди  2 11:45Муҳаммадали Усмонов: "Андижон" мухлисларининг бундай илиқ кутиб олиши бошқача қувонч ва хурсандчилик бағишлади"  1 11:22"Бу рассомни Ван Гог билан солиштиришга ўхшайди". Гвардиола Месси ва Ямаль ҳақида  4 10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  7 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  5 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  2 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1

"Oq-tepa"ning kolumbiyalik futbolchisi Xuan Beserra bilan intervyu Yangiliklar

"Oq-tepa"ning kolumbiyalik futbolchisi Xuan Beserra bilan intervyu

Teglar :  Oq-tepaXuan Beserra
"Oq-tepa" jamoasining kolumbiyalik legioneri Xuan Beserra championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Xuan futbolga qanday kirib kelganingiz haqida biroz so'zlab bering.
- Futbol o'ynashni 9 yoshimda Kolumbiyaning "Santafe" jamoasida boshlaganman.

- Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan otangiz yoki onangiz?
- Hech kim sababchi bo'lmagan. O'zim futbol uynashni sevaman, aksincha otam futbol o'ynashimga qarshi bulgan. Ammo otamning do'stlari mening uyinimni ko'rib, uni futbolchi bo'lishimga ko'ndirishgan.

- O'zbekistonga kelishingizdan oldin bizning yurtimiz haqida nimalarni bilar edingiz?
- Afsuski, bu erga kelishimdan oldin yurtingiz xaqida hech narsani bilmas edim.

- Rivaldo O'zbekistonda o'ynaganidan xabaringiz bormi?
- Yo'q, bundan xabarim yo'q.

- “Oq-tepa” klubiga o'tishingiz qanday sodir bo'ldi?
- Boshida Ispaniya klubiga o'tayotgan edim. Ammo pandemik holat tufayli hujjatlarni rasmiylashtira olmadik. SHu payt agentim O'zbekistonda bulib turgan edi va menga “Oq-tepa” klubidan taklif bo'layotgananini menga ayti va men rozi buldim.

- O'zbekistonda o'ynayotganingizga deyarli 5 oy bo'ldi. O'zbekiston va o'zbek futboli xaqida taassurotlaringiz?
- O'zbekiston juda ham o'zgacha ekan. CHunki men kolumbiyalik man. Toshkent menga juda yoqdi.

- Kolumbiya va O'zbekiston futboli orasida qanday farq bor?
- Kolumbiyalik futbolchilarda dribling kuchli, o'yinni o'ziga oladigan futbolchilar bor. O'zbekistonda esa qisqa paslar ko'p. Ammo Pro Ligada driblingi kuchli ikkita futbolchini ko'rdim. Ulardan biri bizning jamoadagi Islombek Karimov va ikkinchisi "Olimpik"ning 9-raqamli futbolchisi (Temur Mamasidiqov).



- Sizga qaysi o'zbek milliy taomlari yoqdi?
- Osh va somsa juda ham mazali ekan.

- O'zbekistonga kelishingizdan oldin qaysi jamolarda o'ynagansiz. Boisi bu haqida malumot topa olmadik?
- SHvecariyaning "Lucern" U-21 jamoasida o'ynadim. So'ngra Kolumbiyaning Oliy ligasida va Braziliyaning "Votuporanguense" jamoasida to'p tepdim.

- Jamoangizizda kim bilan yaxshi kelishasiz?
- Jamoada Gilerme bilan yaxshi kelishaman. CHunki u faqat portugal tilida gapiradi. Men esa portugal tilini Braziliyada o'ynaganimda o'rgangan edim. Gilerme boshqa tillarni bilmagani uchun unga men tarjima qilib turaman.

- Sizda til bilan bog'liq muammo bormi?
- Biz jamoada futbol tilida gaplashamiz. Hamda jamoadoshlarim 1-2ta inglizcha so'zlarni bilishadi va men ham kerakli ruscha so'zlarni o'rganib oldim.

- Xozirgi kunda Pro ligada tanaffus. Tanaffus vaqtida nimalar bilan shug'ulanayapsiz?
- Hozirgi kunda vaqtdan unumli foydalangan holda o'z ustimda ishlayapman va dam olmoqdaman.

- Sizga boshqa jamoalardan taklif bo'lyaptimi?
- Rasmiy taklif bo'lmadi, ammo qiziqishlar bo'ldi.

- Aynan qaysi jamoalardan qiziqishlar bo'ldi?
- "Turon", "Lokomotiv", "Metallurg" va AGMK jamoalaridan qiziqishlar bo'ldi. 


Uchqun Azimov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика