So’nggi yangiliklar

10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  0 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  1 09:53Гарначо фаолиятини АПЛда давом эттиришга қарор қилди  2 09:24ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни ижарага бериш керак"  9 08:55Футзал. Бугун Ўзбекистон кубогининг финал учрашуви бўлиб ўтади  0 08:20УEФА клублар рейтингини янгилади  19 07:57“Милан“ “Ман Сити“ қизиқаётган ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 07:21BOOOM. Лионель Месси Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  12 03:18Мирко Еличич: "Олимпик" ўйинчиларида иштиёқ йўқ эди? Профессионал ўйинчи максимум борини бериши керак"  1 00:17Айбек Нурбоев: "Бугунги ўйиндаги ғалаба жуда муҳим эди, акс ҳолда турнир жадвалида орқада қолиб кетардик"  0 23:25ЕЧЛ финалидан сўнг "Олтин тўп" учун бош даъвогар ким?  39 22:40"Манчестер Юнайтед" янги дарвозабон топди  7 22:17Россия кубоги. ЦСКА суперфиналда пенальтилар серияси орқали "Ростов"ни мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  23 22:08Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси аниқланди  4 21:35Чемпионлар лигаси мавсумининг энг яхши футболчиси аниқланди  6

O'zbekiston Kubogi finali oldidan: "Oil Star" va BMB bosh murabbiylari qanday fikr bildirdi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi finali oldidan: "Oil Star" va BMB bosh murabbiylari qanday fikr bildirdi? (to'liq matbuot anjumani)

Ertaga futzal bo'yicha O'zbekiston Kubogi finali bo'lib o'tadi.

Qiziqarli to'qnashuvda Buxoroning “Oil Star” va Jizzaxning BMB jamoalari kuch sinashadi. Final oldidan ikki jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Nodir Eliboev (BMB bosh murabbiyi): Finalga tayyorgarlik yuqori saviyada olib borildi. Yigitlarda kayfiyat ajoyib. Uchrashuv qizg'in va jangovor bo'lishini kutyapman. Barcha muxlislarni ushbu muhim bahsga taklif qilamiz.

Fuzuli Xayrullaev (“Oil Star” bosh murabbiyi): Buxoroda finalga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Umid qilamanki, muxlislar uchun zavqli va raqobatli o'yin bo'ladi. Buxorodan ham ko'plab ishqibozlar tashrif buyurishlari kutilmoqda.

— “BMB” kuchli tarkibga ega. Ularni qanday to'xtatmoqchisiz?

Fuzuli Xayrullaev: Raqibni yaxshi bilamiz. O'yin davomida vaziyatga qarab taktik o'zgarishlar qilishimiz mumkin. Har narsani maydon hal qiladi.

— “Oil Star” tarkibida yangi va mahalliy yosh yulduzlar bormi?

Fuzuli Xayrullaev: Bizda ‘Oil Star Kids’ akademiyasi va 3 ta yosh toifasidagi jamoalar bor. Asosiy jamoamizning 60 foizi mahalliy — buxorolik yigitlardan tashkil topgan.

— Savol: BMB tarkib jihatdan ancha kuchli bo'lsa-da, yarim finalda jiddiy qarshilikka duch keldi. Shuningdek, o'tgan yilgi final ham esda — keskin kurash bo'lgan va BMB penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edi. Bu yil esa "Oil Star" safidagi bir necha terma jamoa futbolchilari legionerga aylanishdi. Bu o'zgarish jamoa kayfiyatiga tasir qilmaydimi?

Nodir Eliboev: Men bunday fikrga qo'shilmasdim. Albatta, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiev va Dilshod Rahmatov kabi tajribali futzalchilarga hurmatim baland. Ular jamoada muhim o'rin tutayotgandi. Biroq ularning o'rnini endi yosh, shijoatli, mehnatga chanqoq va g'alaba uchun maydonda borini beradigan yigitlar egalladi. "Oil Star" aynan shu yoshlar hisobiga yanada kuchaydi, zaiflashmadi. Menimcha, bu o'zgarish jamoa kayfiyatiga hech qanday salbiy tasir ko'rsatmaydi. To'g'ri, tajriba muhim omil, lekin hozirgi futzalchilar ham O'zbekiston terma jamoasi azolari va ularda etarlicha salohiyat bor.

— Finalgacha eng qiyin o'yin qaysi bo'ldi?

"Har bir bahs o'zicha murakkab bo'ldi. Ammo, ehtimol, finalning o'zi eng qiyini bo'ladi," — deya kuldi Nodir Eliboev.

— "Oil Star" musobaqani sekin boshlab, keyinchalik kuchaydi. Sababi?

Fuzuli Xayrullaev: Tarkibiy o'zgarishlar bor edi. Yangi kelganlarga vaqt kerak bo'ldi. Mashg'ulotlarda ularga ishonch bildirdik va bu o'z mevasini berdi. Kelgusida tarkibni yanada kuchaytirish niyatimiz bor. Legioner masalasini ham ko'rib chiqishimiz mumkin.

—  "Oil Star" Kubok bahslarini juda ishonchli boshlamagan bo'lsa-da, har o'yinda o'z o'yinini yaxshilab, finalgacha etib keldi. Bu bosqichda nimalarga asosiy etibor qaratildi? Kubokni boshlagan va finalga chiqqan jamoa o'rtasida qanday farq bor? Shuningdek, "Oil Star" tarkibida ko'plab terma jamoa azolari bor. Bu siyosat kelgusida ham saqlanib qoladimi?

Fuzuli Xayrullaev: Tarkibiy o'zgarishlar bor edi. Yangi kelganlarga vaqt kerak bo'ldi. Mashg'ulotlarda ularga ishonch bildirdik va bu o'z mevasini berdi. Kelgusida tarkibni yanada kuchaytirish niyatimiz bor. Legioner masalasini ham ko'rib chiqishimiz mumkin.

— O'tgan yilgi finaldan qanday xulosa qilindi?

Nodir Eliboev: O'shanda 2:0 hisobida oldinda borgandik, lekin tempni pasaytirib yuborgandik. Bu safar zarracha bo'shashishga haqqimiz yo'q.

Fuzuli Xayrullaev: 0:1 hisobida ortda borayotganda qizil kartochka oldik. Bu tartib va intizom masalasida dars bo'ldi.

—  Final oldidan mukofot puli elon qilindi. Bu jamoalar uchun qay darajada motivaciya hisoblanadi?

Nodir Eliboev: Rahbariyatdan kubokni qo'lga kiritish talabi qo'yilgan. Bu har bir jamoa uchun katta motivaciya. Mukofot puli har qanday jamoa uchun muhim. Jamoa murabbiylaridan faqat natija – yani sovrin talab qilinadi.

Fuzuli Xayrullaev: Oil Star" tashkil topganidan buyon rahbariyat mukofot masalasini har doim jiddiy hal qilib kelmoqda.

—  Ilhom Hamroevga savol: Jamoangiz ketma-ket hal qiluvchi o'yinlarda BMBga yutqazmoqda. Bu holatdan so'ng etakchi sifatida futzalchilar bilan suhbatlar o'tkazildimi?

—  Albatta, bunday suhbatlar bo'ladi. O'tgan o'yinlarni tahlil qilamiz. Har safar yutqazishimizga yo omad etishmagan, yoki kichik xatolar sabab bo'lgan. Buni bartaraf etishga harakat qilamiz.

—  Tarkibda ertaga jarohati sabab o'yinni o'tkazib yuboradigan futbolchilar bormi?

Fuzuli Xayrullaev: Asosiy to'rtlikdan faqatgina Saidov Doniyor chorak finalda "Paxtakor"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. U oyog'ining panjasini sindirib olgan.

Nodir Eliboev: Bizda ham yo'qotishlar bor. Lekin bu bizga tasir qilmaydi. Sportda jarohatlardan xoli bo'lish qiyin. Ammo g'alaba yo'lida hech narsa to'siq bo'lolmaydi.

—  BMB va "Oil Star" o'rtasidagi raqobatni 2010 yildagi "Paxtakor" – "Bunyodkor" to'qnashuviga o'xshatish mumkin. O'shanda moliyaviy jihatdan baquvvat "Bunyodkor"ga qarshi terma futbolchilari bor "Paxtakor" finalda Andreevning yagona goli bilan g'alaba qozongan edi. Shunday natija futzalda ham sodir bo'lishi mumkinmi?

Fuzuli Xayrullaev: Albatta, bu mumkin. Qarshimizda qanday jamoa turganidan qati nazar, final – bu bitta o'yin. Kubok bahslari qisqa vaqt ichida o'tadi. Masalan, yaqindagi "Andijon" va "Nasaf" o'rtasidagi Superkubokni olaylik – ko'pchilik yirik hisob kutgan, lekin "Andijon" yaxshi qarshilik ko'rsatdi. Finalda har qanday jamoa borini beradi.

—  O'zbekiston Kubogi yangicha formatda o'tkazilgan bo'lsa-da, aynan eng kuchli ikki jamoa finalga chiqdi. Bu haqida qanday fikrdasiz?

Nodir Eliboev: Qura shunday to'g'ri kelib qoldi. "Oil Star" bilan finalgacha to'qnashmadik. Agar avvalroq to'qnash kelganimizda, bittamiz finalgacha chiqib ketardik. Format yaxshi. Katta jamoalar uchun ko'proq o'yin bo'lgani yaxshi. Yangi prezidentimiz futzal rivojiga jiddiy etibor qaratayaptilar – translyaciyalar, mukofotlar, kuchli mutaxassislarni jalb qilish... Bu – to'g'ri yo'lda ekanimizning isboti. Finalga qiziqish ham shundan. Shou, lotoreya, bepul chiptalar orqali muxlislar jalb qilinmoqda. Biz shu darajaga etdik. Yangi format rivoj uchun xizmat qilyapti.

Fuzuli Xayrullaev: Ilgarigi Olimpiya tizimida musobaqa tez yakunlanardi. Bu safar o'yinlar soni ko'p. Amaliyot etarlicha bo'ldi.

—  O'zbekiston futzal federaciyasi tomonidan tashkil qilingan matbuot anjumanida o'yin vaqtlari bo'yicha savol berilgan edi. Kubok uchrashuvlari kamida 15:00 da, yani kechki paytda boshlanmoqda. Bu vaqt futzalchilar uchun qay darajada qulay?

Fuzuli Xayrullaev: Ilgarigi yillarda o'yinlar 10:00 da, bazan 09:00 da ham boshlanardi. Ertalab organizm hali to'liq uyg'onmagan bo'ladi. Shifokorlar ham shuni inobatga olib ovqatlanish rejasini tuzadi.

Nodir Eliboev: Bu vaqt muxlislar va translyaciyalar uchun ham qulayroq. 15:00 va undan keyingi vaqtda o'tkazilgan o'yinlar barcha tomondan maqul.





Abdulaziz Iskandarov

Foto: Tolibjon Qosimov

Reyting:    

Fikrlar

   
31 may 23:23:21
Otabek Sidikov
Оил старга омад .Эртага кубок сохиби булсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика