So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  11 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан"ни янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  10 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

Oltita mamlakatda o'ynagan, futbolni tanlashiga Asqar Tolibjonov sababchi bo'lgan Aziz Ibragimov bugun 34 yoshga to'ldi Yangiliklar

Oltita mamlakatda o'ynagan, futbolni tanlashiga Asqar Tolibjonov sababchi bo'lgan Aziz Ibragimov bugun 34 yoshga to'ldi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, hozirda “Surxon” sharafini himoya qilayotgan tajribali futbolchi Aziz Ibragimov o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

34 yoshini qarshi olgan mahoratli yarim himoyachi vaqtida Slovakiya, CHexiya, Xitoy, Eron va Latviya chempionatlarida o'ynagan. Yurmalaning “Spartak” klubi tarkibida Latviya chempioni ham bo'lgan. 

Aziz Ibragimov - 1986 yilning 21 iyul kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. Faoliyati davomida “Traktor” (Toshkent), “SHo'rtan” (G'uzor), “Andijon” (Andijon), “Dinamo” (Samarqand), “Buxoro” (Buxoro), “Navbahor” Slovakiyaning “Slovan” (Bratislava), CHexiyaning “Bogemians - 1905”, “Banik”, “Bogemians”, Xitoyning “Cindao”, Eronning “Mashin Sozi”, Latviyaning “Spartak” (Yurmala) klublarida to'p tepgan. U 2007-2011 yillarda O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

U millionlar o'yiniga kirib kelishi haqida o'z intervyularining birida shunday degandi.

"8-9 yoshimda futbol bilan shug'ullana boshlaganman. Aslida futbolchi bo'laman deb sira o'ylamagandim. Karate va taekvondo sport turlariga qiziqishim baland edi. Ko'pincha Bryus Li, Jan Klod Van Dam kabi jang ustalari ishtirok etgan filmlarni sevib tomosha qilganman. Futbolga kirib kelishimga asosiy sababchi Asqar Tolibjonov hisoblanadi. Keyinchalik esa taqdir taqozosi bilan Baxtiyor Nuraliev jamoasida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganishni davom ettirganman. 

Futbol men uchun hamma narsa. 18 yoshimda tibbiy ko'rikdan o'tganimda, yuragim bilan bog'liq muammo chiqqan. Aniqrog'i, shifokorlar yuragim boshqalarning yuragiga nisbatan kattaroq ekani aytishgan va menga boshqa  futbol o'ynash mumkin emasligini uqtirishganida dunyo ko'zimga qorong'u ko'ringan. Futbolchi bo'la olmasligimni xatto tasavvur ham qila olmaganman. Bu xuddi bir qizni yaxshi ko'rib qolsangizu, oila azolaringiz yo'q deyishganidek gap edi. SHukrki, shuncha yildan buyon futbol o'ynab kelayapman, yuragim hech qanday muammo chiqqani yo'q. Lekin har safar tibbiy ko'rikdan o'tganimda yuragim katta ekanini doim aytishadi. 

Terma jamoadagi eng yoqimli, eng yomon va eng chiroyli o'yinim... Adashmasam, eng yoqimli o'yin Singapurga qarshi safardagi bahs. O'shanda 7:3 hisobida zafar quchgandik. Ikkinchi bo'limda maydonga tushib gol urgandim. Eng chiroyli bahs 2007 yilgi Osiyo Kubogi doirasida Malayziyani 5:0 hisobida yutganimiz bo'lgan. Bu uchrashuvda ham gol urgandim. Eng yomon o'yinim esa Iroqqa qarshi Janubiy Koreyadagi o'rtoqlik o'yini bo'lgan. O'sha bahsning boshida qo'polligim uchun hakam menga darhol qizil kartochka ko'rsatgandi.",- deydi qahramonimiz. 

Saytimiz xodimlari nomidan Aziz Ibragimovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика