Aziz Ibragimov va A'zam Aliev "Turon"da

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2022, 12:40
O'tgan mavsum PRO-Ligada "Neftchi"ning g'olib bo'lishiga katta hissa qo'shgan A'zam Aliev ayni damda boshqa jamoa ko'rigida bo'lib turibdi.

Ilhom Mo'minjonovning ishongan shogirdlaridan biri bo'lib kelayotgan 30 yoshli futbolchi negadir farg'onaliklar safida olib qolinmadi. Shu bois markaziy yarim himoyachi katta ehtimol bilan bu yilgi mavsumni ham yana PRO-Ligada o'tkazadi. Ayni damda Aliev yaypanliklar yig'iniga borib qo'shilgan. Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, A'zam joriy mavsum "Turon"da o'ynaydi.

Shuningdek "Turon" murabbiylari tarkibni kuchaytirish maqsadida tajribali hujumchi Aziz Ibragimovni ham taklif qilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia