So’nggi yangiliklar

01:43ЖЧ саралаши. Норвегия Италияни "савалади"  4 00:47Ўртоқлик ўйини. Нигерия 2та гол урган ўйинда Россия билан дуранг қайд этди  1 00:15Постекоглу бу борада иккинчи бўлди  0 23:46Италия клуби банкрот деб эълон қилинди ва профессионал лигалардан четлатилди  2 23:07Тадбиркор Ўткир Юсуповга уч хонали уй совға қилди  5 22:50Гасперини: "Бу мен учун катта чақирув"  0 22:19"Интер" МЮ ҳужумчисини таркибига қўшиб олишга яқин  0 21:59"Аталанта" Иван Юрични бош мураббий сифатида эълон қилди  1 21:42Расман: Постекоглу истеъфога чиқарилди  0 21:21Эшитдик-да! Остон Ўрунов ўрнига Бобир Абдихолиқов термага чақирилди  24 21:12Расман: "Рома" янги бош мураббийини эълон қилди  5 20:55Суперлига 4-тур қолдирилган ўйинида "Хоразм" Навоийда "Қизилқум"ни йирик ҳисобда таслим қилди  15 19:48"Манчестер Юнайтед" 60 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 19:23Ла Лиганинг якунланган мавсуми учун энг яхши футболчи аниқланди  8 19:03ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон МТЖнинг Тошкентда кутиб олиниши  18

Oliy liga. "Nasaf" futbolchilari Ro'ziqul Berdievga munosib sovg'a tayyorladilar Yangiliklar

Oliy liga. "Nasaf" futbolchilari Ro'ziqul Berdievga munosib sovg'a tayyorladilar

Oliy liganing navbatdagi turida "Nasaf" jamoasi futbolchilari "Navbahor"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdilar va bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievga o'ziga hos tarda sovg'a hozirladilar.



Qarshidagi o'yinning 11-daqiqasida burchak zarbasidan "Nasaf" samarali foydalandi. Krasichning uzatgan to'pini Igor Golban boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:0. 

29-daqiqada Sayfievning o'ng qanotdan oshirib bergan to'pini Krasich bir harakatda darvozaga joylab qo'ydi - 2:0. Bahsning 35-daqiqasida Krasichning burchakdan oshirib bergan to'pini CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi - 3:0.

Birinchi bo'lim oxirida SHaxboz Erkinov penaltidan gol urdi - 4:0.

71-daqiqada Dragan CHeran beshinchi golga mualliflik qildi - 5:0. Uchrashuvning 87-daqiqasida Ognen Krasich dublga erishdi - 6:0.


17:30 - Nasaf (Qarshi) – Navbahor (Namangan) 6:0

Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), D. Akmalov (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Gollar: Igor Golban 11, - 1:0 (Ognen Krasich). Ognen Krasich 29, - 2:0 (Farrux Sayfiev). Dragan CHeran 35, - 3:0 (Ognen Krasich). SHaxboz Erkinov 45 penalti, - 4:0. Dragan CHeran 71, - 5:0. Ognen Krasich 87, - 6:0

“Nasaf”: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov (S), 7. SHuhrat Muhammadiev (38. Doniyor Narzullaev, 46), 15. SHahboz Erkinov (21. Azamat Allaniyozov, 68), 22. Igor Golban, 24. Ognen Krasich, 28. Fozil Musaev, 31. Saydullo Rahmatov (27. Islom Rashidxanov, 79), 33. Odil Hamrobekov, 34. Farruh Sayfiev, 69. Dragan CHeran.
Zaxira: 35. Sanjar Quvvatov, 5. Ildar Mamatkazin, 8. Sirojiddin Qo'ziev, 23. SHerzod Azamov, .

“Navbahor”: 12. Aleksandr Korniychuk, 16. SHohjahon Abbosov (84. Ilhom Aliboev, 88), 20. G'ayrat Jo'raev (48. Azizbek Turg'unboev, 62), 21. Azam Aliev (S), 24. Ilhom Boydedaev, 27. Murod To'ychiboev, 28. Islom Isoqjonov, 33. Tohir SHamsiddinov, 35. Bilol SHarofiddinov (83. Javohir Olimjonov, 77), 50. Abdumalik Abdullaev, 51. Azizbek Mamazoyitov.
Zaxira: 34. Artur Parvanov, 19. Vladislav Aleksin, 81. Akbarali Xoldorov, 86. G'olibbek Karimov.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика