So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

Oliy liga klublari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi Yangiliklar

Oliy liga klublari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Teglar :  Oliy liga
Bugun 2015 yilgi oliy liga yakunlari va 2016 yilgi mavsumga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bugungi tadbirni PFL musobaqalarni tashkil etish bo'limi rahbari Aleksey Frolov ochib berdi. PFL direktori Farhod Magometov 2015 yilgi mavsum yakunlari haqidagi malumotlar bilan tanishtirdi.


- Salbiy jihatlarga to'xtaladigan bo'lsak bu to'rtta klubimizning OCHL guruh bosqichidan chiqa olmagani, legionerlarning saviyasi pastligi, Toshkentdagi o'yinlarda muxlislarning kamligi va chempionatimizga malakali mutaxassislarning etishmasligi. Ijobiy jihatlar esa so'nggi turga qadar chempion va oliy ligani tark etadigan klubning aniq bo'lmagani, Farg'ona hamda Jizzax shaharlarida ochilgan yangi stadionlar va bu yil engil o'yinlarning kamaygani bo'ldi, - deb takidlaydi Magometov.

- Yangi mavsumda oliy ligada legioner darvozabonlar ishtirok etishmaydi. Biz bir yil oldin klublar bilan kelishib olgandik. Rasman aytaman 2016 yilgi mavsumda klublar xorijiy posbonni ro'yxatdan o'tkaza olmaydilar, - deydi Magometov.

- Oliy ligamizda afrikalik futbolchilarga hech qanday taqiq yo'q. Kelsin tibbiy ko'rikdan o'tsin va bemalol klublarimizda o'ynayversin. Keyingi yil klub matbuot kotiblari har bir safar o'yiniga borishi borasida klublar oldiga talab qo'yamiz, - deydi PFL bosh direktori.

- Qaysi davlatda televidenie o'yinlarni ko'rsatish uchun liga klublaridan pul oladi? Jahonda TV klublar va ligalarga pul to'laydi. Bizda esa teskarisi... "Dinamo" klubi bizga murojaat bilan chiqdi. Lekin sport principlariga amal qilgan holda "Obod" klubi oliy ligada qatnashadi. Lekin Toshkent klubi 10 yanvarga qadar licenziyalashdan o'tmasa u holda "Dinamo" oliy ligada qatnashadi, - deydi Farhod Magometov.

- Taqdirlash marosimi albatta bu bizning kamchiligimiz. Gaplaringizni inobatga olib keyingi yil taqdirlash marosimlarini chiroyliroq o'tkazamiz, - deb o'z fikrlarini yakunladi PFL bosh direktori.

- Endi klublar licenziyalashni internet orqali onlayn tarzda o'tishadi. Bu OFKning talabi. Bu borada PFL vakillari barcha klublarga yordam beramiz. OFKning licenziyalash bo'yicha yangi reglamentini qabul qildik. PFL va OFK licenziyalash reglamenti bir xil bo'ladi. 2016 yil oliy liga klublarida texnik direktori bo'lishi shart. To'g'ri bizning klublarimizning ko'pida bu lavozim bor. OFKning talabiga ko'ra texnik direktor lavozimida ishlaydigan shaxsda yoki "A" licenziyasi bo'lishi yoki u sobiq futbolchi bo'lishi, xullas futbolning ichidagi odam bo'lishi lozim. 10 yanvarga qadar barcha klublar asosiy va yoshlar jamoasi qaysi stadionlarda o'ynashini bildirib rasmiy xat yozishi kerak, - deydi PFL musobaqalarni tashkil etish bo'limi rahbari Aleksey Frolov.

SHundan so'ng Frolov va Magometov 2015 yilgi licenziyalash jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan 5ta klub vakillari taklif etildi. Ularga maxsus licenziyalar topshirildi. "Buxoro", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Navbahor".  Qolgan klublar quyidagi ketma-ketlikda licenziyalarni qabul qilib olishdi: "Neftchi", "Metallurg", "Qizilqum", "Olmaliq", "Paxtakor", "Mashal", "SHo'rtan", "So'g'diyona", "Qo'qon-1912", "Andijon".  Oliy ligani tark etgan "Dinamo" klubi ham o'tgan yil licenziyalashdan muvaffaqiyatli o'tgan. Faqat "Obod" klubi licenziyalashdan o'tishi talab etiladi.

- Klub vakillariga murojaat qilmoqchiman. Bizga taqdim etayotgan ko'plab disklarda videolavhalar juda ham past sifatda. Biz bahsli holatni ko'rib chiqish uchun bu disklar juda ham zarur. SHu bois barcha operatorlarga o'yinning diskini imkon qadar sifatli tarzda PFLga yuborishini aytib qo'yishingizni so'raymiz. "So'g'diyona" va "Navbahor"ning o'yinlari disklari juda ham achinarli holatda keladi, - deydi kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash bo'limi boshlig'i Ahrol Inoyatov.


SHu tariqa yig'ilish yakuniga etdi va qura tashlash marosimi boshlandi


Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика