So’nggi yangiliklar

14:12"Интер" "Рома" футболчисини харид қилмоқчи  1 13:43"Ливерпуль" бразилиялик ҳужумчи харидини кўриб чиқмоқда  0 13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  2 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  5 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  3 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  58 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7

Oliy liga. 23-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 23-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  Oliy liga
23 - 25 sentyabr kunlari Oliy ligada 23-tur bellashuvlari o'tkazildi.

Odatga ko'ra, yakunlangan tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon
Eldor Tojiboev "SHo'rtan"


Ramziyimizning darvozasiga G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi posboni Eldor Tojiboevni qo'ydik. Jizzahda quruq o'yin o'tkazgan Eldor bunga munosib.



Himoyachilar
Jamol Otaqulov "SHo'rtan"
Sardor Rahmonov "Neftchi"
Xurshid G'iyosov "Obod"


"SHo'rtan" himoyachisi Jamol Otaqulov "So'g'diyona" bilan safarda nolga o'ynashdan tashqari, bahsning 50-daqiqasida hisobni ham ochdi.



Farg'onaning "Neftchi" klubi himoyachisi Sardor Rahmonov 57-daqiqada penaltidan kiritgan gol evaziga "Olmaliq" ustidan qozonilgan g'alabaga o'z hissasini qo'shdi.

23-turning sensaciyasi Toshkent derbisida qayd etildi. CHempionat peshqadami "Lokomotiv" kutilmaganda o'z maydonida debyutant "Obod"ni enga olmadi. 1:1 hisobida yakuniga etgan uchrashuvda "Obod" himoyachisi Xurshid G'iyosovning ham ulushi katta bo'ldi.




Yarim himoyachilar
Javohir Sohibov "Paxtakor"
SHoxruh Gadoev "Bunyodkor"
Mirzakamol Kamolov "Mashal"
Jaloliddin Masharipov "Paxtakor"


Amaldagi chempion "Paxtakor" asta-sekin o'ziga kela boshladi. "SHerlar" bu turda Namanganda yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvda "Paxtakor" tayanch yarim himoyachisi Javohir Sohibov professional faoliyatidagi birinchi dublni qayd etdi.



"Bunyodkor" azosi SHoxruh Gadoev "Qo'qon-1912"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi va murabbiy ishonchini o'z goli bilan oqladi.

Muborakning "Mashal" jamoasi bu turda "Andijon" taslim etdi. Uchrashuvda muborakliklar yarim himoyachisi Mirzakamol Kamolov o'zining faol harakatlari bilan ajralib turdi va bitta golga hammualliflik qildi.

Tobora o'zini o'nglab borayotgan "Paxtakor"ning "Navbahor" ustidan qozongan g'alabasida Jaloliddin Masharipovning ham hissasi katta bo'ldi. Jalol bitta golli pas berdi va eng faol futbolchilardan biriga aylandi



Hujumchilar
SHohruz Norxonov "Obod"
Kenja To'raev "Mashal"
SHerzod Hakimov "Neftchi"


"Lokomotiv"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushgan "Obod" hujumchisi SHoxruz Norxonov o'yinni o'zgartirib yubordi. 78-daqiqada Norxonov to'p uchun havodagi kurashda bo'ydor Nemanya Yanichichni engib himoyachidan qochib ketdi va Nesterov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qildi.

"Mashal" hujumchisi Kenja To'raev professional faoliyati davomida hali dubl ham qilmagan edi. "Andijon"ga qarshi bahsda esa xet-trik qayd etdi.



Ramziy terma jamoamizning uchinchi hujumchisi "Neftchi" vakili SHerzod Hakimov. Hakimov "Olmaliq" klubiga qarshi o'yinning dastlabki daqiqalaridayoq ikkita to'p kiritib jamoasiga ishonch bag'ishladi. Bu esa uni ramziyga kiritishimiz uchun etarli omil.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика