So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Oliy liga. 14-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 14-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Saytimiz vakillari odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Darvozani "Lokomotiv" posboni Ignatiy Nesterovga ishonib topshirdik. "Dinamo" bilan o'yinda Nesterov bir qator vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qolishga erishdi.

O'sha o'yinda "temiryo'lchilar" o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev ham faol o'ynadi. Hujumlarga o'tishda ham himoyalanishda ham Muhammadiev yaxshi harakat qildi.



"Buxoro" o'z tarixida ilk bor "Bunyodkor"ni mag'lub etdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar safida himoyachi Artyom Filiposyan birinchi gol urilishida katta xissa qo'shdi, bundan tashqari raqib hujumchilariga deyarli imkoniyat bergani yo'q. Hujumchi Ivan Nagaev esa yaxshi formada ekanligini chiroyli gol urib isbotlab qo'ydi.



"Paxtakor" markaziy o'yinda "Nasaf"dan ustun keldi. Bu o'yinda mezbonlar himoyachisi Xojiakbar Alijonov o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Yarim himoyachi SHerzod Karimov esa Sergeevga golli pas oshirdi hamda o'zi gol urishga erishdi.



"Navbahor" Namanganda "Olmaliq" bilan durang qayd etdi. SHu kuni yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev maydondagi eng faollardan biri bo'ldi.

"Qo'qon-1912" o'z maydonida "So'g'diyona"ni taslim qildi. Yarim himoyachi Suhrob Berdiev doimgidek chaqqon harakatlari bilan raqiblarni shoshirib qo'ydi. Bunga qo'shimcha ravishda o'z hisobiga gol ham yozib qo'ydi.



"Metallurg" Bekobodda "Qizilqum"dan ustun keldi. Uchrashuvda maydon egalari safida Alisher Ziyovutdinov o'zini yaxshi sifatlarini ko'rsatib ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

"SHo'rtan" bu turda "Obod"ni qabul qilib 2:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa sardori Igor Taran gol urdi va maydonda juda faol harakat qildi.



Farg'onaning "Neftchi" klubi "Mashal" mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynab qaytdi. Uchrashuvda vodiy klubi safida Mo'ydin Mamazulumov ketma-ket ikkinchi tur gol urishga erishdi.



championat.asia sayti talqiniga ko'ra 14-turning ramziy terma jamoasi:

Darvozabon

Ignatiy Nesterov "Lokomotiv"

Himoyachilar
SHuhrat Muhammadiev "Lokomotiv"
Artyom Filiposyan "Buxoro"
Xojiakbar Alijonov "Paxtakor"

Yarim himoyachilar

Azizbek Turg'unboev "Navbahor" (2-marta ramziy terma jamoada)
Suhrob Berdiev "Qo'qon-1912" (2)
Alisher Ziyovutdinov "Metallurg" (2)
SHerzod Karimov "Paxtakor" (3)

Hujumchilar
Ivan Nagaev "Buxoro" (3)
Igor Taran "SHo'rtan" (2)
Mo'ydin Mamazulumov "Neftchi" (2)

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика