Ole-Gunnar Sulsher PSJdan uchralgan mag'lubiyat jamoani vahimaga tushirmasligini ommaga malum qildi
15 fev 2019 23:16
Yangiliklar


Ole-Gunnar Sulsher PSJdan uchralgan mag'lubiyat jamoani vahimaga tushirmasligini ommaga malum qildi
MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya Kubogi doirasidagi "CHelsi"ga qarshi uchrashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu klubda omadsizlikdan keyin tezda o'ziga kelib olish kerak. Noqulay raqiblardan biri bo'lgan "CHelsi"ga qarshi safardagi o'yinda MYU har doim qiyinchiliklarga duch keladi. Keyingi 2-3 kun ichida yaxshi mashg'ulot o'tkazishimiz va dushanba kungi o'yinga tayyor bo'lishimizga ishonish zarur. Biz PSJdan uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) sarosimaga tushmaymiz. Kayfiyatimiz joyida. Bizdan faqat reja bo'yicha ishlashda davom etishimiz talab etiladi" – dedi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar