Olamsport.com: Meyvezer-Pakyao jangi translyatsiyasi narxi ma'lum va kunning boshqa xabarlari

Narzulla Saydullayev
4 apr 2015, 13:20
Saytimiz hamkori hisoblangan Olamsport.com saytida chiqqan eng sara xabarlar bilan tanishing.

Kobe Brayant liganing eng boy basketbolchisi!

“Leykers” yulduzi Kobe Brayant Wealth-X kompaniyasi tomonidan Milliy Basketbol assotsiatsiyasining eng boy o'yinchisi deb topildi. Batafsil



Olimpiada chempioni Lyu Syan faoliyatini yakunlaydi

Engil atletikaning to'siqlarosha yugurish turida Afina-2004 Olimpiya o'yinlari chempioni xitoylik Lyu Syan faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.  Batafsil


Amir Xon Timoti Bredli bilan jang qilishni istamadi

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni amerikalik Timoti Bredli hamda birinchi yarim o'rta vaznda yana bir sobiq jahon chempioni britaniyalik Amir Xon o'rtasida saralash jangini belgilagan edi.  Batafsil


JCH-2015da natijamiz yaxshilanyapti – 45-o'rin, hozircha

Poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport saroyi hamda Badiiy gimnastika bo'yicha bolalar-o'smirlar respublika ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari sport maktabi majmuasi mezbonlik qilayotgan o'smirlar (17 yoshgacha) va yoshlar (21 yoshgacha) o'rtasidagi jahon chempionatida navbatdagi g'olib va sovrindorlar ma'lum bo'ldi. Batafsil



Xalep: “Men Serenaning ko'p yillik muxlisiman”

Ruminiyalik tennis malikasi Simona Xalep bugun tongda o'tkazilgan Mayami turnirining yarim finalidagi Serena Uilyamsdan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Batafsil


Hafta janglari: Stivenson, Beterbiev va Joshua ringda

Bugun va ertaga dunyo boks ixlosmandlari uch nafar taniqli bokschilar ishtirokidagi janglarga guvoh bo'lishadi. Ananamizga sodiq qolgan holda e'tiboringizga ushbu uik-endda o'tkaziladigan eng markaziy janglarning prevyusini havola qilamiz. Batafsil


Mayami (ATR). Endi Marrey va Novak Jokovich finalda!

AQSHning Mayami shahrida yakuniga yetib borayotgan “Masters” seriyasiga kiruvchi yirik tennis turnirining erkaklar o'rtasidagi musobaqasida final ishtirokchilari ma'lum bo'ldi.  Batafsil


Shaxmat. JCH-2015 finalida Muzichuk oldinga chiqib oldi

Rossiyaning Sochi shahrida yakuniga yetib borayotgan shaxmat bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida hal qiluvchi final uchrashuvining ikkinchi partiyasi o'ynaldi. Batafsil



“Formula-1”. FIA ayollar chempionati o'tkazilishi tarafdori

Xalqaro avstosport federatsiyasi, yani FIA komissiyasi boshlig'i Mishel Muton ayollar o'rtasida “Formula-1” chempionatining o'tkazilish g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Batafsil


Bugun Turkiyada yunon-rum kurashi bo'yicha Gran-pri boshlanadi


Bugun Turkiyaning Istambul shahrida yunon-rum kurashi bo'yicha nufuzli Gran-pri musobaqasi boshlanadi. Dunyoning ko'zga ko'ringan polvonlari qatori O'zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli kurashchilari ham Istambul gilamlarida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi. Batafsil



Meyvezer-Pakyao jangi translyatsiyasi narxi ma'lum

2 may kuni Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida bo'lib o'tadigan va asr jangi sifatida etirof etilayotgan Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi jangni to'g'ridan-to'g'ri ko'rishni xohlovchi ishqibozlar buning uchun katta miqdorda pul to'lashlariga to'g'ri keladi. Batafsil



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com