OFK Osiyo Kubogi-2027 mezbonligiga davogar mamlakatlar oldiga shart qo'ydi
13 noy 2020 17:24
Yangiliklar


OFK Osiyo Kubogi-2027 mezbonligiga davogar mamlakatlar oldiga shart qo'ydi
2027 yilgi Osiyo Kubogini qabul qilish uchun beshta mamlakat o'z arizasini topshirgan.
OFK qita birinchiligi mezbonligiga davogar davlatlar - Hindiston, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni va O'zbekiston futbol associaciyalariga rasmiy xat yo'lladi.
Xatga ko'ra, davogar mamlakatlar shu yilning 18 dekabr sanasidan kechiktirmay navbatdagi hujjatlarni OFKga taqdim etishi shart. Bu hujjatlarga nimalar kiradi? Mezbon shaharlar haqida to'liq malumot, stadionlar, mehmonxonalar, mashg'ulot o'tkazish maydonlari va boshqalar.
OFK 2027 yil Osiyo Kubogi qaerda bo'lishini 2021 yilda malum qiladi. Xabaringiz bor, ungacha 2023 yilgi musobaqa Xitoyda tashkil etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar