OFK kubogi. Bugun "Nasaf" "Oltin Asr"ga qarshi o'ynaydi. Jamoa pley-offga chiqishga yaqin
20 may 2021 07:32
Yangiliklar
OFK kubogi. Bugun "Nasaf" "Oltin Asr"ga qarshi o'ynaydi. Jamoa pley-offga chiqishga yaqin
Qarshiliklar 1-turda Qirg'izistonning "Oloy" jamoasini 4:0 hisobida mag'lub etgandilar. 2-turda esa mezbon "Xo'jand" jamoasi 3:0 hisobida taslim etildi. "Oltin Asr" esa bungacha 1 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan.
Bugun g'alaba yoki durang hamyurtlarimizni pley-off bosqichiga olib chiqadi. Turkmanistonliklarni esa faqat g'alaba qoniqtiradi. Mazkur bahs guruh g'olibi nomiga aniqlik kiritib beradi.
Eslatib o'tamiz, OFK kubogida o'yinlar 3 ta turdan iborat va faqatgina birinchi o'rinni egallagan jamoalar avgust oyida o'tkaziladigan pley-off bahslariga yo'llanma olishadi.
"Nasaf" ishtirokidagi o'yin bugun bizning vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi. Uchrashuv championat.asia saytida matnli translyaciya qilinadi va "Uzreport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Nasaf Qarshi |
AFC Cup Grp. F . 3-tur 20/05/2021, 18:00 0
:
2
Tugadi
|
Altyn Asyr |
Fikrlar