So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  6 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

OFK hozircha tasdiqlagani yo'q, lekin U-23 Osiyo chempionatiga saralash O'zbekistonda o'tishi mumkin Yangiliklar

OFK hozircha tasdiqlagani yo'q, lekin U-23 Osiyo chempionatiga saralash O'zbekistonda o'tishi mumkin

Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining telegram kanalida qiziq post qoldirdi.

Gap shundaki, shu yilning 25-31 oktyabr kunlari Quvaytda U-23 Osiyo chempionatiga saralash "D" guruhi o'yinlari bo'lib o'tishi belgilab qo'yilgan. Bu guruhda O'zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Quvayt jamoalari o'rin olgan. 

Alisher Nikimbaevning "Futbolium" telegram kanalida shunday post chiqdi: "Quvayt futbol associaciyasi 23 yoshgacha Osiyo chempionati "D" guruhi o'yinlarini qabul qila olmaydi. SHu bois OFK zudlik bilan yangi mezbon qidirmoqda va o'yinlarni o'tkazish taklifi bo'yicha O'zbekiston va Saudiya Arabistoniga chiqqan". 

Bizga malum bo'lishicha, Timur Kapadze boshchiligidagi bo'lajak O'zbekiston olimpiya terma jamoasining 22 oktyabr kuni saralash bahslarida qatnashish uchun Quvaytga yo'l olishi kutilgandi. Biroq Quvayt mezbonlikdan bosh tortgan bo'lsa, safar bekor qilinadi va shunda katta ehtimol bilan o'yinlar bizda yoki Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. 

Lekin OFK hozircha Quvayt mezbonlikdan bosh tortgani haqida rasmiy xabar bergani yo'q. Biroq tashkilot tomonidan saralash bahslariga mezbonlik qilish bo'yicha O'FAga murojaat kelib tushgan va hozir bu borada ishlar olib borilmoqda. Agar O'FA rozilik bersa, saralash uchrashuvlari bizda o'tishi mumkin yoki Saudiya Arabistoni qabul qilishga tayyorligini bildirsa, unda Timur Kapadze jamoasi Saudiyaga yo'l oladi. 

Eslatib o'tamiz, navbatdagi U-23 Osiyo chempionati 2022 yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekistonda o'tkaziladi. 


"D" guruhi saralash o'yinlari taqvimi:

25 oktyabr. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston

25 oktyabr. Bangladesh - Quvayt

28 oktyabr. O'zbekiston - Bangladesh

28 oktyabr. Quvayt - Saudiya Arabistoni

31 oktyabr. Saudiya Arabistoni - Bangladesh

31 oktyabr. Quvayt - O'zbekiston

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика