So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  0 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  7 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  2 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  4 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  0 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  3 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  6 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

O'FA Ronaldu tahsil olgan akademiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi Yangiliklar

O'FA Ronaldu tahsil olgan akademiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi

O'FA mamlakatimizda futbolni rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlar futbol federaciyalari, klublar va akademiyalar bilan yaqin hamkorlikni o'rnatib ish olib borishga asosiy etiborni qaratmoqda.

Jumladan, O'zbekiston futbol associaciyasi mutasaddilari Sanat SHaripov va SHarofiddin Hojiniyozov Portugaliyaning "Sporting" klubiga tashrif buyurib, bu klub bilan hamkorlik masalalari bo'yicha kelishib olishdi.

Jumladan, "Sporting" klubi akademiyasi direktori Paulo Gomes va klubning Sport loyihalarini amalga oshirish bo'yicha masuli Diego Goma bilan uchrashuv chog'ida O'FA mutasaddilari bolalar futbolini rivojlantirish va murabbiylar malakasini oshirish mavzusida suhbatlashishdi. SHuningdek, yozda mamlakatimizda "Sporting" klubi futbol oromgohi tashkil etishi bo'yicha ham maslahatlashib olindi.



"Sporting" klubi akademiyasi dunyoga mashhur akademiya bo'lib, o'z vaqtida bu erda Luish Figu, Krishtianu Ronaldu kabi jahon yulduzlari, "Oltin to'p" sohiblari tahsil olishgan. 2016 yil Evropa chempionligiga erishgan Portugaliya terma jamoasi tarkibidagi 23 nafar futbolchining 10 nafari "Sporting" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Biz futbolchilardan o'zining yoshiga mos standartlar asosida mehnat qilishni, mashg'ulotlar olib borishni talab qilamiz. Biz 14-15 yoshli futbolchidan aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatishni so'ramaymiz. Bu yoshda u o'z salohiyatini to'liq namoyish qila olmaydi. Ammo bizning talablar asosida mehnat qilsa, 20 yoshga borib biz "tayyor mahsulot" - top-klublar etiborini qozona oladigan futbolchiga ega bo'lamiz. Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi Krishtianu Ronaldu bunga yorqin misol",- deydi klub direktori Paulo Gomes.



Diego Goma esa 7 yil davomida Qatarning mashhur "Aspire" akademiyasida faoliyat olib borib, futbolchilarni tayyorlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish bo'yicha katta hajmdagi mehnatni amalga oshirdi. Qatar milliy terma jamoasining yaqinda BAAda o'tgan Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatida mazkur insonning ham hissasi katta deb aytish mumkin.    

Muzokaralar davomida Diego Goma yozda mamlakatimizga tashrif buyurib, "Sporting" klubi tomonidan tashkil qilinadigan futbol oromgohida ishtirok etishi bo'yicha kelishib olindi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика