So’nggi yangiliklar

03:00Европа лигаси. Шомуродов майдонга тушмаган ўйинда "Рома"дан дуранг ва бошқа натижалар  10 02:55Конференциялар лигаси. Антони порлаган ва гол урган ўйинда "Бетис"дан йирик ғалаба  0 02:12Дибала "Рома"да 13-марта жароҳат олди  1 01:17Европа лигаси. Моуринью жамоасидан йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:57"Манчестер Юнайтед" Гёкереш борасида бир қарорга келди  3 00:38Саудия Арабистони. "Ал Насср" муҳим ўйинда ғалабага эришди, 70 миллионлик Дуран баҳс тақдирини ҳал қилди  4 00:15Коло-Муани "Ювентус"га ўтишига ким кўндирганини айтди  0 23:45"Барселона" 5 ҳужумчи номзодини кўрмоқда  3 23:23Жоау Канселу: "Гвардиола - даҳо"  7 22:44"Ювентус" собиқ футболчисига 6 ойлик шартли қамоқ жазоси берилди  2 22:13Офсайдни аниқлашнинг ярим автоматик тизими Англия футболига ҳам кириб бормоқда  0 21:50ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  15 21:13"Андижон" назорат ўйинида "Шахтёр"ни енгди  8 20:49"Сурхон" Туркия йиғинини ғалаба билан якунлади  0 20:31"Андижон" "Бобур Арена"ни ОЧЛга тайёрламоқда  9

APL. "Liverpul" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

APL. "Liverpul" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ni yirik hisobda mag'lub etdi

APLning 3-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Yunayted" - "Liverpul" 0:3

Gol: 35 - Luis Dias (Muhammad Saloh), 43 - Luis Dias (Muhammad Saloh), 56 - Muhammad Saloh (Dominik Soboslai)

Old Trafford, 20:00

Bosh hakam: Éntoni Téylor

"Manchester Yunayted": Onana, Mazraui, De Ligt (Maguayr, 69), Martines, Dalot, Kazemiro (Tobi Koler, 46), Maynu, Fernandes (K); Garnacho ( Dialo, 69), Reshford, Zirkzee (Eriksen,86)

Zaxira: Bayindir, Xiton,  Evans, Tobi Koler, Antoni, Uitli

"Liverpul": Alisson, Van Deyk, Konate, Dias (Gakpo, 66), Soboslay, Mak Allister, Saloh, Jota (Bredli.76), Robertson (Cimikas,83), Gravenberx, Aleksander-Arnold (Nunes, 76).

Zaxira: Kellexer, Gomes, Endo, Elliot, Kuansa, 

Ogohlantirish: 23 - Zirkzee, 40 - Martines, 56 -Virdjil van Deyk, 65 - Matteys de Ligt


YANGILASH



Uchrashuv yakunlandi. "Liverpul" "Old Trafford"da "Manchester Yunayted"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Uch tur yakunidan so'ng Slot jamoasi yuz foizlik natijaga erishgan holda "Manchester Siti" bilan musobaqa etakchisi bo'lib turibdi. "Qizil iblislar" esa mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va turnir jadvalining 13-pog'onasiga tushib ketdi.

Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

89. Darvin Nunesning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

88. Salohning navbatdagi uzatmasidan so'ng Gapko zarba berdi, biroq uning zarbasi noaniq chiqdi

86. O'zgarish: Zirkzeening o'rniga Eriksen maydonga tushdi

81. Amadning zarbasi juda noaniq chiqdi

78. Joshua Zirkze yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi

76. O'zgarish. Konor Bredli va Darvin Nunes maydonga tushdi, ular Diogu Jota va Trent Aleksander-Arnold alishtirishdi

73. Martines super gol urishi mumkin edi, biroq to'p argentinalik himoyachining oyog'iga yaxshi tushmadi

69. O'zgarishlar: Maguayr va Amad maydonga tushdi, ular De Ligt va Garnachoni alishtirishdi

67. Soboslayning uzatmasidan so'ng Gapko boshi bilan zarba yo'lladi, biroq noaniq

66. O'zgarish: Uchrashuvda dubl qayd etgan Diazning o'rniga Kodi Gakpo maydonga tushdi

65. Ogohlantirish: Matteys de Ligt ham hakam tomonidan ogohlantirildi

63. MYU hisobni qisqartirishi uchun super imkoniyatga ega bo'ldi. Biroq Joshua Zirkze bir metrdan raqib darvozasiga gol kirita olmadi

58. Salohning navbatdagi ajoyib zarbasi himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi. MYU uchinchi goldan so'ng "o'chdi"

56. GOOOL. Saloh. Misrlik hujumchi uchrashuvdagi hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda


56. Ogohlantirish: Virdjil van Deyk ogohlantirildi

52. Zirkzeening zarbasini Alissoni qaytardi

46. O'zgarish: Birinchi bo'limning eng yomon futbolchisi bo'lgan Kazemiro zaxiraga olindi. Uning o'rniga  Tobi Koler tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

Birinchi bo'limning eng yomon o'yinchisi so'zsiz Kazemiro bo'lmoqda. Uni ikkinchi bo'limda ko'rmasak kerak

43. GOOOL. CTRL+C, CTRL+V. Yana Kazemiro to'pni yo'q joydan oldirib qo'ydi va yana Salohning ajoyib uzatmasidan so'ng to'pni Diaz raqib darvozasiga joylab qo'ydi

40. Ogohlantirish: Martines Diasga qarshi juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

40. Mazrauining kuchli va aniq zarbasini Alisson qiyinchilik bilan qaytardi

35. GOOOL. Kazemiro juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va mehmonlar tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi. Salohdan super uzatma va bo'sh darvozani aniq nishonga oldi

32. Garnachoning uzatmasidan so'ng Mazraui zarba yo'lladi, uning zarbasi juda sekin chiqdi

25. Ushbu daqiqalarda ustunlik mehmonlarda. MYU bugungi uchrashuvda mehmonda harakat qilayotganga o'xshaydi, umuman o'ziga o'xshamayapti.

23. Ogohlantirish. Zirkzee qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

17. Uchrashuv ancha sokin o'tmoqda. Hozircha har ikki jamoa markazini egallash uchun harakat qilmoqda

10. Aleksis Makallister jarohat oldi va unga shifokorlar yordam ko'rsatmoqda

7. GOOL. Trent Aleksander-Arnold hisobni ochdi. Biroq to'p ofsaydda qolgan Salohga tekkani sababli bekor bo'ldi

5. Jotaning zarbasiga aniqlik etishmadi

Uchrashuv boshlandi!

MYU Ugarteni bugungi uchrashuv oldidan tanishtirdi. Yarim himoyachi "qizil iblislar" safida 25-raqamda harakat qiladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика