So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  1 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

La Liga. "Real Madrid" Mbappening dubli evaziga "Betis"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

La Liga. "Real Madrid" Mbappening dubli evaziga "Betis"ni mag'lubiyatga uchratdi

La Liga 4-tur doirasidagi "Real Madrid" - "Betis" o'yini yakunlandi.

"Real Madrid" — "Betis" 2:0

Gol: 1:0 – 67 Mbappe, 2:0 – 75, penalti Mbappe.

Real Madrid – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 65), Ryudiger, Militao, Karvaxal, Sebalos (Braim Dias, 65), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior, Mbappe (Modrich, 84), Rodrigo (Endrik, 89).

Betis – Ruy Silva, Perro, Natan, Lorente, Sabali, Vilyam Karvalyu (Kardozo, 57), Roka, Fornals (Losada, 83), Sanches (Diao, 72), Ezzalzuli (Xuanmi, 83), Ruibal (Roke, 57).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (59), Karvaxal (65).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

86. "Betis" ko'pchilik bo'lib tezkor qarshi hujumdan foydalana olmadi.

84. Mbappe zaxiraga olindi, Modrich maydonga tushdi.

75. GOL! Mbappe Vinisius ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi. Franciyalik hujumchi markazni nishonga oldi, "Betis" darvozaboni esa o'zidan o'ng tomonga tashlandi.


73. Vinisius raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatda yiqitildi, hakam o'yindan tashqari holat ekanligini qayd etdi. Hakam VAR monitori yoniga kelib vaziyatni tomosha qildi va penalti belgiladi. 

69. GOL! Zarbalari darvozaga qadar etib bormayotgan Mbappe Valverdining super pasidan so'ng raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatda La Ligadagi debyut golini urdi!


64. Xavfli vaziyat! "Betis"ning hujumini mezbonlar qiyinchilik bilan bartaraf etishdi.

63. Vinisiusning pasidan so'ng Mbappe chap oyoqda zarba yo'lladi, yana to'p darvozagacha etib bormadi, himoyachilar uni zararsizlantirishdi.

60. Rokaning bosh bilan yo'llagan aniq zarbasini Kurtua egallab oldi.

59. Vinisius hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

58. Ezzalzuli qarshi hujumda Kurtua darvozasining yaqin burchagini nishonga oldi, to'p darvoza to'rining yon burchagiga tegdi.

56. Rodrigoning kuchli zarbasini Ruy Silva qaytardi.

54. Zarba berish navbati mehmonlarga keldi. Kurtua o'z o'rnida.

52. Vinisiusning pasi raqib jarima maydonida "Betis" himoyachisining qo'liga tegdi, biroq hakam qo'l tanaga yopishib turganini qayd etdi.

50. Xavfli vaziyat! Mbappe raqib jarima maydonida bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi, bu vaziyatda o'zini oqlash uchun baxtiga o'yindan tashqari holatda deb topildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+4. Rodrigoning raqib jarima maydonida chap oyoqda tepgan to'pi darvozaning yon tomoniga tegdi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ezzalzuli raqib jarima maydonida Rodrigoni aldab o'tdi, biroq Karvaxaldan o'tib keta olmadi.

39. Xavfli vaziyat! Mbappe–Vinisius tezkor kombinaciyasi natijasida franciyalik futbolchi yakuniy pasga ulgura olmadi.


38. Mbappening chap qanotdan yo'llangan navbatdagi zarbasiga yana raqib himoyachilari to'g'anoq bo'lishdi.

34. Mbappening raqib jarima maydoni ichida zarba berishiga Lorente yo'l qo'ymadi.

31. Futbolchilarni chanqoqlarini bostirib olishdi.

28. Mbappe yana raqib jarima maydonida to'pni oldirib qo'ydi.

24. Xavfli vaziyat! Mbappening jarima maydoni ichidan darvozaning uzoq burchagi tomon yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.


24. Valverdining zarbasini Ruy Silva ikkinchi urinishda egallab oldi.

20. Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pga Militao bosh bilan zarba yo'lladi, Silvadan qaytgan to'pga yana zarba yo'llagan madridliklar himoyachisi ikkinchi urinishda adashdi.


19. Valverdining raqib jarima maydoniga uzatmasini mehmonlar himoyachisi qaytardi. 

15. Mbappe raqib jarima maydonida to'pni Natanga oldirib qo'ydi.

11. "Betis" qisqa vaqt ichida ikkita xavfli vaziyat sodir etdi, biri zarba bilanyakunlangan bo'lsa, ikkinchisini mezbonlar himoyachisi bartaraf etdi.

7. Xavfli vaziyat! Karvaxalning o'ng qanotdan sirpanib uzatgan to'piga Mbappe ko'ngildagidek zarba yo'llay olmadi, unga "Betis" darvozaboni xalaqit berib qoldi. 

5. Dastlabki daqiqalarda mezbonlar to'pni nazorat qilishmoqda, ammo xavfli hujum sodir etilmadi.

Statistikaga nazar solsak, "Real Madrid" "Betis"ga qarshi o'z maydonidagi so'nggi 7 o'yinda atigi 2 ta to'p kiritgan. 

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика