So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Umar Eshmurodov: "Hech kim uch ochkoni osongina berib qo'ymaydi. Superligamiz Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq ekan" Yangiliklar

Umar Eshmurodov: "Hech kim uch ochkoni osongina berib qo'ymaydi. Superligamiz Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq ekan"

Malayziyaning "Selangor" klubi va milliy terma jamoamiz himoyachisi Umar Eshmurodov terma jamoamiz yig'inida OAV vakillariga kichik intervyu berdi.

- Siz to'p tepayotgan Malayziya chempionati yaqinda start oldi. Avvalambor klubdagi faoliyatingiz haqida to'xtalib o'tsangiz?

- Bugun terma jamoa bilan yig'inni boshladik. Bu yig'indan kutilmalarimiz katta. Klubimiz bilan chempionatda ikkinchi o'rindamiz, asosiy maqsadimiz esa CHempionlar ligasi. OCHLdagi vazifa guruhdan chiqish.

- Klubingizda o'zingizni qanday his qilmoqdasiz? Adaptaciya jarayoni qanday kechmoqda?

- Barchasi yaxshi. Issiq havo biroz noqulaylik tug'diryapti, xolos. 

- Malayziya va O'zbekiston chempionati o'rtasida qanday farq bor ekan? Ikki mamlakat futboli o'rtasidagi farqlar yoki o'xshashliklar haqida gapirib o'tsangiz?

- Bizning chempionatimiz kuchliroq ekanligi hech kimga sir emas, menimcha. Bu aniq narsa. Malayziyada ko'proq legionerlar orqali klublarni kuchaytirishga harakat qilishadi. Malayziyaning xalqaro maydonlarida ishtirok etadigan klublarida legioner futbolchilar ko'p. SHu orqali xalqaro musobaqalarda yaxshiroq natijaga erishishmoqchi. Bizning Superligamiz esa, Malayziya chempionatidan ancha kuchliroq.

- Oldimizdagi ikki raqib jamoalari haqida fikr bildirib o'tsangiz. KXDR va Qirg'iziston terma jamoalari haqida qanday fikrdasiz?

- Qiyin raqiblar deb o'ylayman. Maqsadimiz faqatgina g'alaba. Maydonda kurashish kerak, sababi hech kim uch ochkoni osongina berib qo'ymaydi. Yaxshiroq o'yin namoyish etib, g'alaba qozonish kerak.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика