So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  9 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  11 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  14 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  53 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  433 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Geynrixning so'nggi goli va Abramovni istefoga chiqargan Halatbori - O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashining so'nggi bosqichlarini qanday boshlagan? Yangiliklar

Geynrixning so'nggi goli va Abramovni istefoga chiqargan Halatbori - O'zbekiston terma jamoasi JCH saralashining so'nggi bosqichlarini qanday boshlagan?

5 sentyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi KXDRga qarshi o'yin bilan JCH-2026 saralashi 3-bosqichini boshlaydi. Terma jamoamiz bunga qadar JCH saralash so'nggi bosqichlarini qanday boshlagan?

Terma jamoamiz bundan oldingi 7ta mundial saralashining 6tasida so'nggi bosqichga qadar etib borgan, faqatgina Qatar-2022 Jahon chempionati saralashida ikkinchi bosqichdayoq o'z ishtirokimizni yakunlaganmiz.


Franciya-1998

1998 yilgi Jahon chempionati saralashi oxirgi bosqichini O'zbekiston safarda Yaponiyaga qarshi bahs bilan boshlagan. O'shanda Rustam Mirsodiqov boshchiligidagi terma jamoamiz 3:6 hisobida yutqazib qo'ygandi. Yakunda termamiz 8ta o'yindan 6 ochko to'plab, besh jamoa orasida to'rtinchi o'rinni band etgandi. Biz ortda qoldirgan yagona terma jamoa - Qozog'iston bo'lgan.

JCH-1998 saralashi final bosqichi, "B" guruhi.

07.09.1997.

Stadion: "Yoyoki Neshnl", 54328 muxlis. 

Hakam: Zayd Abdulrahmon (Saudiya Arabistoni)


Yaponiya - O'zbekiston - 6:3

Gollar:

1:0 - Akita Yutaka, 1

2:0 - Miura Kazuyoshi, 4

3:0 - Miura Kazuyoshi, 23

4:0 - Nakata Xidetoshi, 41

5:0 - Jo SHodji, 45

5:1 - SHackix Oleg, 56

6:1 - Miura Kazuyoshi, 64

6:2 - Fedorov Andrey(penalti), 70

6:3 - SHackix Oleg, 78


O'zbekiston: Pavel Bugalo, Andrey Fedorov, Fevzi Davletov, Eduard Mamotov, Andrey Zaxarov(Rustam SHaymardanov, 46), No'mon Hasanov (Jafar Irismetov, 46), Abduqahhor Marifaliev, Sergey Lebedev, Aleksey Vinnikov(Ravshan Bozorov, 64), Oleg SHackix, Igor SHkvirin.




Janubiy Koreya va Yaponiya-2002

2002 yilgi JCH saralashi so'nggi bosqichi 1-turini BAAga qarshi safarda o'tkazgan Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. 8ta turda O'zbekiston 10 ochko bilan besh jamoa ichida uchinchi bo'lgandi.

JCH-2002 saralashi final bosqichi, "B" guruhi.

17.08.2001

Stadion: "Al-Vahda", 15000 muxlis.

Hakam: Kim Yung Ju (Janubiy Koreya)


BAA - O'zbekiston - 4:1

Gollar:

1:0 - Ali Yosir Salim, 21

2:0 - Farhon G'arib(penalti), 32

2:1 - Nikolay SHirshov, 37

3:1 - Ali Fahod G'arib, 44

4:1 - Said Zuheyr Bahit, 85


O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Davron Fayziev, Sergey Lushchan, Oleg Sobirov (Bahodir Annamatov, 70), Asror Aliqulov (Anvar Soliev, 66), Fevzi Davletov, Leonid Koshelev (Marat Axmerov, 27), Nikolay SHirshov, Mirjalol Qosimov, Maksim SHackix, Jafar Irismetov.




Germaniya-2006

JCH-2006 saralashi oxirgi bosqichi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bilan boshlangandi. Germaniyalik Xaync Yurgen Gyode boshchiligidagi terma jamoamiz o'z uyida 1:1 hisobida durang o'ynagandi. Yakunda 5 ochko bilan to'rt jamoa orasida uchinchi o'rinni band etgan O'zbekiston pley-off bosqichiga yo'l olgandi. Pley-off bosqichida esa Bahrayn bizga raqiblik qilgan.

JCH-2006 saralashi final bosqichi, "A" guruhi.

09.02.2005

Stadion: "Paxtakor", 55000 muxlis.

Hakam: Kamikava Toru (Yaponiya)


O'zbekiston - Saudiya Arabistoni - 1:1

Gollar:

0:1 - Al-Jabir Sami, 76

1:1 - Anvar Soliev, 90+3


O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Bahtiyor Ashurmatov, Andrey Fedorov (Marat Bikmaev, 82), Asror Aliqulov, Oleg Pashini, Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Vladimir Maminov, Aleksey Nikolaev, Maksim SHackix, Vladimir SHishelov (Anvar Soliev, 89).




JAR-2010

2010 yilgi mundial saralashining 3-bosqichining ilk uchrashuvini Dohada Qatarga qarshi o'yin bilan boshlagan. Lekin vakillarimiz startni muvaffaqiyatsiz boshlagan va Qatardan 0:3 hisobida mag'lubiyatni qabul qilib olgan. 

JCH-2010 saralashi 3-bosqich, "A" guruhi. 1-tur

Qatar - O'zbekiston 3:0

06.09.2008. 1-tur. Doha. "Jassim Bin Hamad" stadioni. 12000 tomoshabin

Hakam: Mohd Subxiddin Solih (Malayziya)

Gollar: Majdi Siddiq 37, Hasan Majid Muxammad 73, Talal Ali Al Blushi 88

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Ilhom Suyunov, Baxtiyor Ashurmatov, Asror Aliqulov, Islom Inomov, Aziz Xaydarov (Aleksandr Geynrix, 46), Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze (Vagiz Galiulin, 66), Server Jeparov, Maksim SHackix (Ulug'bek Bakaev, 79)


Braziliya-2014

2014 yilgi Jahon chempionati saralashining oxirgi bosqichini o'z uyida Eronga qarshi o'yin bilan boshlagandi. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz 0:1 hisobida yutqazib qo'ygandi. Butun uchrashuv davomida ustunlik qilgan terma jamoamizni uchrashuvga qo'shib berilgan qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yuboradi va alamli tarzda mag'lubiyatga uchraydi. Yakunda ikkinchi bo'lgan Janubiy Koreya bilan bir xil 14 ochko to'plagan O'zbekiston to'plar nisbatiga ko'ra uchinchi o'rinni olgan va pley-off bosqichiga yo'l olgandi.

JCH-2014 saralashi 3-bosqich, "A" guruhi.

03.06.2012

Stadion: "JAR", 9000 muxlis.

Hakam: Nishimura Yuichi (Yaponiya)

O'zbekiston - Eron 0:1

Gollar:

0:1 - Muhammad Halatbori, 90+4


O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Islom Inomov, Anzur Ismoilov, Jasur Hasanov (Ulug'bek Bakaev, 87), Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Timur Kapadze, Jasur Hasanov (Lutfulla To'raev, 68), Stanislav Andreev, Viktor Karpenko (Marat Bikmaev, 52), Aleksandr Geynrix.




Rossiya-2018

2018 yilgi mundial saralashining oxirgi bosqichini Suriyaga qarshi Toshkentdagi bahs bilan boshlagan. "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan uchrashuvda terma jamoamiz kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Uchrashuvdagi yagona golga Aleksandr Geynrix mualliflik qilgan. 10ta turda 13 ochko to'plagan Samvel Babayan shogirdlari guruhda to'rtinchi o'rinni egallagan edi. Guruhda uchinchi o'rinni egallagan Suriya terma jamoasi yakunda pley-off bosqichida ishtirok etgandi.

JCH-2018 saralashi 3-bosqich, "A" guruhi.

01.09.2016.

Stadion: "Bunyodkor", 29411 muxlis.

Hakam: Ryuiji Sato (Yaponiya)


O'zbekiston - Suriya 1:0

Gollar:

1:0 - Aleksandr Geynrix, 73


O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Islom To'xtajo'jaev, Aziz Haydarov (Javohir Sohibov, 67), Server Jeparov, Odil Ahmedov, Otabek SHukurov, Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 56), Igor Sergeev, Eldor SHomurodov.



Qatar-2022

Afsuski, O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi jahon chempionati saralashida o'z ishtirokini ikkinchi bosqichdayoq yakunlagan. Ikkinchi bosqichda "D" guruhidan joy olgan terma jamoamiz guruhda 15 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagan.


2026 yilgi mundial saralashining oxirgi bosqichini KXDRga qarshi Toshkentdagi bahs bilan boshlaymiz. Bu safar Srechko Katanec boshchiligidagi jamoa qanday natija qayd etishini ertaga bilib olamiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика