Devid Bekxemning 22 yoshli o'g'li kutilmaganda futbolni tark etdi. Endi u faoliyatini model sifatida davom ettiradi
04 sen 21:47
Yangiliklar
Devid Bekxemning 22 yoshli o'g'li kutilmaganda futbolni tark etdi. Endi u faoliyatini model sifatida davom ettiradi
Sobiq futbolchi Devid Bekxemning 22 yoshli o'g'li Romeo Bekxem professional futboldagi faoliyatini yakunladi. Romeo "Brentford" klubi bilan shartnomasi tugaganidan so'ng jamoani tark etdi. Ingliz klubi Romeoga shartnomani uzaytirishni taklif qilgandi.
The Sun nashri bergan malumotga ko'ra Romeo Bekxem Parijdagi etakchi modellar agentligi bo'lgan Safe Management'ga borib qo'shilgan va endi bor etiborini modellikka qaratadi.
Bekxemning o'g'li birinchi marta faoliyatini o'zgartirayotgani yo'q. Romeo yoshligida futbol o'ynagan, shundan so'ng esa tennisga o'tib ketgandi. 2020 yilda u yana futbolga qaytadi va "Inter Mayami" klubi bilan shartnoma imzolaydi.
Kichik Bekxem o'zining "Inter Mayami"dagi oxirgi mavsumida o'rinbosarlar tarkibida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta assist qayd etgandi. SHundan so'ng u ijara asosida "Brentford"ga kelib qo'shilgandi.
Fikrlar