Bekxem 6 oy mashina hayday olmaydi

Mirjalol Normatov
9 may 2019, 22:40
Angliya termasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem mashina boshqarayotgan vaqtda telefondan foydalangani uchun jazolandi.

"Telegraph" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq futbolchisining haydovchilik guvohnomasini 6 oyga olib qo'yishgan. Bekxem ham o'z aybini tan olgan.

2018 yilning noyabr oyida ham u huddi shu aybi tufayli 3 oyga guvohnomasidan ayrilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com