JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ KXDRga qarshi oq libosda o'ynaydi
04 sen 19:42
Yangiliklar
JCH-2026 saralashi. O'zbekiston MTJ KXDRga qarshi oq libosda o'ynaydi
Ertaga, 5 sentyabr kuni JCH-2026 3-saralash bosqichi 1-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasi KXDRni qabul qilishidan xabaringiz bor.
Bugun O'zbekiston — KXDR o'yini oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda OFK vakillari va mahalliy tashkiliy qo'mita tomonidan ishtirokchilarga o'yinga oid bir qator masalalar, xususan, marketing, tibbiyot va xavfsizlik yo'nalishlari yuzasidan tushuntirish va eslatmalar berib o'tildi.
Vakillarimiz mazkur bahsda to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qilishi malum bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, ertangi bahs Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 19:00da start oladi.
Fikrlar